Page 215 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 215

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
             ningdek, intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish va
             ularga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish masalalari bo‘yicha boshqa
             maʼlumotlar va materiallarni chop etishni tashkil qiladi va amalga
             oshiradi;
                patent  bo‘yicha  vakolatli  vakillarni  attestatsiyadan  va  ro‘yxatdan

             o‘tkazadi, patent bo‘yicha vakolatli vakillarning davlat reestrini yuritadi;
                intellektual mulk sohasidagi qonun buzilishlarini aniqlash va
             ularning  oldini  olish  bo‘yicha  huquqni  muhofaza  qilish,  soliq  va
             boshqa davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
                mualliflik  huquqi  va  aralash  huquqlar  to‘g‘risidagi  qonun
             buzilishlari to‘g‘risida belgilangan tartibda xulosa beradi;
                tuzilgan shartnomalarning mualliflik huquqi va aralash huquqlar
             to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiqligi haqida xulosa beradi;
                audiovizual asarlarni, fonogrammalarni va EHM uchun dasturlarni

             tiklash,  realizatsiya  qilish,  prokatga  berish,  fonogrammalarni
             tayyorlashga      litsenziyalar     beradi,    shuningdek,       litsenziatlar
             tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi yuzasidan
             nazoratni amalga oshiradi;
                patent-axborot  va  boshqa  xizmatlar  ko‘rsatganlik  uchun  to‘lov
             miqdorlarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
                intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga

             bo‘lgan  huquqlarni  himoya  qilish  sohasida  manfaatdor  shaxslarga
             uslubiy yordam ko‘rsatadi;
                intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga
             bo‘lgan huquqlarni himoya qilish sohasida xalqaro kooperatsiyani va
             o‘zaro hamkorlikni amalga oshiradi;
                intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga
             bo‘lgan  huquqlarni  himoya  qilish  bo‘yicha  idoralararo  axborot
             hamkorligini amalga oshiradi;
                davlat  va  xo‘jalik  boshqaruvi  organlari,  mahalliy  ijro  etuvchi

             hokimiyat organlari, tadbirkorlik subyektlari uchun intellektual mulk
             sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini
             oshirishni tashkil etadi, intellektual mulk sohasida kadrlar tayyorlash
             chora-tadbirlarini amalga oshiradi;

                                                  214
   210   211   212   213   214   215   216   217   218   219   220