Page 212 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 212

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
          mustaqil mazmunga ega bo‘lgan qismidan o‘z xohishiga ko‘ra foydala-
          nishga haqlidir.
            Hammualliflar o‘rtasidagi munosabatlar qoida tariqasida, kelishuv
          aso sida belgilanadi. Bunday kelishuv bo‘lmagan taqdirda, asarga bo‘l-
          gan mualliflik huquqi barcha mualliflar tomonidan birgalikda amalga

          oshiriladi, mualliflik haqi esa ular o‘rtasida teng taqsimlanadi.
            Agar hammualliflarning asari bo‘linmas bir butunni tashkil etsa,
          asardan foydalanishni yetarli asoslar bo‘lmay turib taqiqlab qo‘yishga
          hammualliflardan hech biri haqli emas .
                                                      22
            Amaldagi  qonunchilik  hujjatlariga  ko‘ra,  mutlaq  mualliflik
          hu quqlari egasi o‘z huquqlaridan xabardor qilish uchun mualliflik hu-
          quqining muhofaza belgisidan foydalanishi mumkin bo‘lib, bu belgi
          asarning har bir nusxasida aks ettiriladi va quyidagi uch unsurdan

          iborat bo‘ladi:
            – aylana ichidagi lotincha “C” harfi;
            – mutlaq mualliflik huquqlari egasining ismi-sharifi (nomi);
            – asar birinchi marta chop etilgan yil.

            Mualliflik huquqining muhofaza belgisida ko‘rsatilgan shaxs, agar
          boshqacha  hol  isbotlangan  bo‘lmasa,  mutlaq  mualliflik  huquqlari
          egasi hisoblanadi.
            Mamlakatimizda  intellektual  mulk sohasida davlat siyosatini
          amal ga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Intellektual
          mulk agentligi tashkil etilgan bo‘lib, mazkur  Agentlikning Nizomi

          O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2016-yil
          24-no yabrdagi 394-sonli qarori bilan tasdiqlangan.
            Mazkur nizomga ko‘ra quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari
          hisoblanadi:
            intellektual mulk sohasida yagona davlat siyosati amalga oshiri-

          lishini  taʼminlash,  ixtirolar,  foydali  modellar,  sanoat  namunalari,
          tovar belgilari va boshqa intellektual mulk obyektlarini huquqiy mu-
          hofaza qilish;
            ixtirolar,  sanoat  namunalari,  foydali  modellar,  tovar  belgilari  va

          22  O‘zbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi O‘RQ-42-sonli Qonuni.
          www.lex.uz
                                               211
   207   208   209   210   211   212   213   214   215   216   217