Page 217 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 217
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
obyektlarini huquqiy muhofaza qilish va ularga bo‘lgan huquqlarni
himoya qilish masalalari bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar
ishlarida qatnashadi;
O‘zbekiston Respublikasining tegishli xalqaro shartnomalaridan
kelib chiqadigan majburiyatlarning bajarilishini o‘z vakolatlari
doirasida taʼminlaydi .
23
6.3. Intellektual mulk va uni muhofaza
qilishning ahamiyati
Intellektual faoliyatning natijasi ilmiy-texnologik mahsulotning
yuqori isteʼmol xususiyatlariga ega bo‘lgan bozorbop tovarga aylani-
shi amalga oshadigan innovatsion soha yangi bilimlar va texnolo-
giyalarga asoslangan zamonaviy iqtisodiyotning taraqqiy etishida
hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Aynan, intellektual mulk obyektlari
yangi tovarlar va yangi texnologiyalarning asosini tashkil etadi.
Innovatsion iqtisodiyotda intellektual mulkning o‘rni va ahamiyati
uning ko‘p funksionalligi bilan belgilanadi.
Intellektual mulk:
• qiymat yaratishning hal qiluvchi omillaridan biri sanaladi;
• egalariga va foydalanuvchilariga sezilarli iqtisodiy foyda keltiradi;
• kompaniyaning uzoq muddatli raqobat afzalliklarini shakllantiradi;
• kompaniya kapitallashuv darajasining oshishiga xizmat qiladi
(bugungi kunda kompaniyalar bozor qiymatining qariyb 80 foizi
nomoddiy aktivlar ulushiga to‘g‘ri keladi);
• biznesni raqiblardan himoya qiladi;
• litsenzion daromad olish imkoniyatini beradi;
• ishlab chiqarish va sotishni nazorat qilish imkonini beradi;
• standartlarni yaratishga yordam beradi.
Biroq ushbu funksiyalar, agar intellektual samarali himoya qilingan
bo‘lsagina, o‘z natijasini ko‘rsatishi mumkin. Tadbirkorlarning in -
tellektual mulkka bo‘lgan qiziqishi, asosan, yangi texnik yechimlardan
foydalanish yoki patentlar va litsenziyalarni sotishdan daromad olish
imkoniyatlari bilan ko‘p jihatdan bog‘liq. Odatiy mahsulotlardan
23 Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 24-noyabrdagi 394-son qaroriga ilova O‘zbekiston Respublikasi Intellektual
mulk agentligi to‘g‘risida Nizom www.lex.uz
216