Page 222 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 222

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
          beradigan  mamlakatlar  tashkil  etadi.  Ikkinchi  guruhini  milliy
          huquqla riga  Angliya  huquqi  taʼsir  o‘tkazgan  mamlakatlar  tashkil
          etadi.
            Angliya huquqining kontinental huquqdan asosiy farqi shundaki,
          qonunlar bilan birga sud jarayonlari ham huquq manbalar hisoblanadi.

          Bunday  holat  huquqda  muayyan  ishlar  bo‘yicha  kuchga  kirgan  va
          ushbu  holatga  mos  bo‘lgan  qonun  meʼyorlarini  izohlab  beradigan
          sud qarorlari boshqa sudlar shu kabi ishlarni ko‘rgan vaqtda qo‘lla-
          nish uchun majburiy namuna bo‘lib qoladi.
            Har ikki yo‘nalishdan tashqari milliy patent tizimlarini shartli ra-
          vishda to‘rt asosiy: german, roman, ingliz va Amerika guruhiga bo‘-
          lish mumkin, ular patent huquqining asosiy tizimlari hisoblanadi.
            Patent huquqi hamma vaqt iqtisodiy munosabatlar bilan
          belgilanadi, chunki u jamiyat iqtisodiy rivojlanishining zarur omili

          hisoblanadi.
            Mualliflik huquqi va mualliflik huquqi obyektlari
            “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston
          Respublikasi  Qonuniga  muvofiq  mualliflik  huquqining  obyektlari
          bo‘lib  quyidagilar  hisoblanadi:  mualliflik  huquqi  ijodiy  faoliyat
          natijasi bo‘lmish fan, adabiyot va sanʼat asarlariga nisbatan ularning
          maq sadi  va  qadr-qimmati,  shuningdek  ifodalanish  usulidan  qatʼi

          nazar, tatbiq etiladi.
            Mualliflik  huquqi  quyidagi  biron-bir  obyektiv  shaklda  bo‘lgan
          oshkor qilingan asarlarga ham, oshkor qilinmagan asarlarga ham
          tatbiq etiladi:
            yozma (qo‘lyozma, mashinkalangan yozuv, notali yozuv va hokazo);
            og‘zaki (omma oldida so‘zlash, omma oldida ijro etish va hokazo);
            ovozli yoki video yozuv (mexanik, magnitli, raqamli, optik va
          hokazo);
            tasvir (rasm, eskiz, manzara, tarh, chizma, kino-, tele-, video- yoki

          fotokadr va hokazo);
            hajmli-fazoviy (haykal, model, maket, inshoot va hokazo);
            boshqa shakllardagi.
            Mualliflik huquqi g‘oyalar, tamoyillar, uslublar, jarayonlar, tizimlar,

                                               221
   217   218   219   220   221   222   223   224   225   226   227