Page 223 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 223
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
usullar yoki konsepsiyalarga emas, balki ifoda shakliga nisbatan
tatbiq etiladi. 24
Mualliflik huquqi fan, adabiyot va sanʼat asariga mualliflik huquqi
uni yaratish fakti bo‘yicha yuzaga keladi. Mualliflik huquqining
yuzaga kelishi va amalga oshirilishi uchun asarni ro‘yxatdan o‘tkazish
yoki biron-bir boshqa rasmiyatchilikka rioya etish talab qilinmaydi.
Asarning asl nusxasida yoki nusxasida muallif sifatida ko‘rsatilgan
shaxs, agar boshqacha hol isbotlanmagan bo‘lsa, asar muallifi hi-
soblanadi.
Asar imzosiz yoki taxallus ostida chop etilgan taqdirda
(muallifning taxallusi uning kim ekanligiga shubha qoldirmaydigan
hollar bundan mustasno), asarni chop etgan, asarda ismi-sharifi yoki
nomi ko‘rsatilgan noshir, agar boshqa dalillar bo‘lmasa, muallifning
vakili hisoblanadi hamda muallifning huquqlarini himoya qilish va
ular ning amalga oshirilishini taʼminlash huquqiga egadir. Bu qoida
bunday asar muallifi o‘z shaxsini oshkor etguniga va o‘zining muallif
ekanligini maʼlum qilguniga qadar amalda bo‘ladi.
Amaldagi qonunchilik hujjatlariga ko‘ra, quyidagilar mualliflik
huquqining buzilishi deb eʼtirof etiladi:
mualliflarning shaxsiy nomulkiy huquqlarini buzish;
ijrochining ism-sharfga bo‘lgan va ijroni har qanday tarzda
buzib ko‘rsatilishidan yoki har qanday boshqacha tarzda tajovuz
qilinishidan himoya qilish huquqlarini buzish;
huquq egasi yoki mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi
tashkilot bilan shartnoma tuzmasdan asarlar yoki turdosh huquqlar
obyektini takrorlash, tarqatish yoki undan boshqacha tarzda foyda-
lanish;
haq to‘lash to‘g‘risidagi talablarni buzish;
asarlardan yoki turdosh huquqlar obyektlaridan huquq egasi yoki
mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot bilan
tu zilgan shartnoma bo‘yicha olingan huquqlarni oshirib yuborgan
holda foydalanish;
24 O‘zbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi O‘RQ-42-sonli Qonuni.
www.lex.uz
222