Page 224 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 224

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
            huquq  egalarining  mulkiy  huquqlarini  boshqacha  tarzda  buzish
          mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni buzishdir.
            Asarlarning va turdosh huquqlar obyektlarining takrorlanishi yoki
          tarqatilishi  mualliflik  huquqi  va  turdosh  huquqlarni  buzgan  holda
          amalga oshiriladigan nusxalari kontrafakt nusxalardir.

            Mualliflik huquqining buzilishi maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka
          tortish bilan jazolanadi.
            Bugungi kunda jahondagi har bir mamlakat o‘zi alohida yashay
          olmaydi. Xalqaro savdo, investitsiyalarning bir davlatdan ikkinchisiga
          o‘tishi, qo‘shma korxonalarning faoliyat ko‘rsatishi va hamkorlikning
          boshqa  shakllari  allaqachon  jahon  iqtisodiyotining  ajralmas  omili
          bo‘lib qoldi.
            Bundan  tashqari  yil  sayin  jahonda  iqtisodiy  integratsiya
          jarayonlarining kuchayib borishi kuzatilmoqda.

            Raqobat kurashi sharoitida faqat ishlab chiqarishning yaxshilangan
          usullarini qo‘llanish yoki texnik-iqtisodiy va isteʼmol (shu jumladan,
          tashqi ko‘rinishi va savdo imiji) xususiyatlari yaxshilangan tovarlarni
          yaratish yo‘li bilan qo‘shimcha foyda olish mumkin.
            Shu munosabat bilan intellektual mulk obyektlari, xususan, ular-
          ning  asosiy  xususiyati  –  qo‘shimcha  foyda  “keltiruvchi”  sifatidagi
          roli tobora oshib bormoqda. Bugungi kunda yangi intellektual mulk

          obyektlarini  yaratish,  ularni  ishonchli  muhofazalash  va  samarali
          foydalanish  (shu  jumladan,  bu  obyektlarini  sotish)  har  qanday
          korxona,  firma,  korporatsiya  muvaffaqiyatining  ajralmas  unsuri
          bo‘lib qolmoqda. Tabiiyki, turli davlatlarda intellektual mulkni
          muhofazalashning  bir-biridan  farq  qiladigan  tartiblari  talabnoma
          beruvchilar uchun ixtirolarni patentlash, tovar belgilarini ro‘yxatga
          olishni murakkablashtirar, bu esa xalqaro savdo-sotiq iqtisodiyotini
          rivojlantirish yo‘lida jiddiy to‘siq bo‘lar edi.
            Shuning  uchun  intellektual  mulk  huquqlari  rivojlanishining

          butun tarixi davomida davlatlar intellektual mulk obyektlarini
          muhofazalash masalalariga yondashuvlarni bir xillashtirish yo‘llarini
          faol izlamoqda. Bu muammolar intellektual mulk sohasida xalqaro
          hamkorlikni zarur qilib qo‘ydi.

                                               223
   219   220   221   222   223   224   225   226   227   228   229