Page 228 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 228

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
            foydali  model –  qurilmaga  tegishli  texnik  yechim  himoyalanadi
          (qurilma deyilganda detal, uzel yoki ularning o‘zaro bog‘liq bo‘lgan
          yaxlit  qismi  tushuniladi).  Foydali  model  odatda,  kichik  ixtiro  ham
          deb nomlanadi.
            Badiiy-konstruktorlik  sohasidagi  intellektual  faoliyat  natijalari

          quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
            sanoat namunasi – buyumning tashqi ko‘rinishini belgilab beruvchi
          badiiy-konstruktorlik yechimi muhofaza qilinadi.
            “Sanoat  namunasi”  texnik  dizayn  (mahsulotning  ergonometrik
          tavsifi) va estetik dizayn ( tashqi ko‘rinish, rang, mahsulot shakli)ni
          o‘z ichiga qamrab oladi.
            Ilmiy-texnik yoki badiiy-konstruktorlik yechimlariga patent olish
          uchun ular maʼlum bir talablarga va patentga layoqatlilik mezonla-
          riga javob berishi lozim.

            Ixtirolar uchun quyidagi talab va mezonlar ilgari suriladi:
            –  yangilikning jahonda mutlaq yangilik sifatida tan olinishi;
            –  ixtirochilik darajasi;
            –  sanoatda qo‘llanilish darajasi.
            Foydali  modellar  uchun  quyidagi  talab  va  mezonlar  muhim  hi-
          soblanadi:
            –  yangilik;

            –  sanoatda qo‘llanilish darajasi.
            Sanoat namunasi uchun quyidagilar muhim sanaladi:
            –  yangilik;
            –  originallik.
            Patent  huquqi  obyektlari  uchun  yangilik  mezonlari  asosiy
          hisoblanadi.  Yangilik  ixtiro  avvaldan  maʼlum  bo‘lmasligi,  mazkur
          ixtiro  eʼlon  qilingunga  qadar  dunyoning  hech  bir  joyida  u  yoki  bu
          tarzda ochilmagan bo‘lishi lozimligini anglatadi.
            Innovatsion  faoliyatni  boshqarishda  xizmat  asarlaridan  foydala-

          nishni huquqiy jihatdan tartibga solish katta ahamiyat kasb etadi.
          Mamlakatimiz qonunchiligida mazkur holatga ham alohida to‘xtalib
          o‘tilgan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi
          va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonunining 34-moddasida xizmat

                                               227
   223   224   225   226   227   228   229   230   231   232   233