Page 232 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 232
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
to‘xtashiga olib kelishi mumkin. Patent, dastlabki patent quyidagi
hollarda ham amal qilishdan to‘xtatilishi mumkin:
patentning amal qilish muddati tugagach;
patent, dastlabki patent yoki tovar belgisining haqiqiy emasligi
uchinchi tomonning davo arizasi bilan sud orqali tasdiqlanganda;
patent egasining Patent idorasiga bergan arizasi asosida.
Agar patent, dastlabki patent yoki guvohnomaning amal qilishi
muddatidan ilgari to‘xtatilsa, bu haqidagi maʼlumot Patent idorasi-
ning “Rasmiy axborotnoma” byulletenida chop etiladi. O‘zbekiston
qonunchiligi bo‘yicha xorij fuqarolari va yuridik shaxslari bevosita
talabnoma berish huquqiga ega emas. Ular patent olish va uni kuchda
saqlab turish uchun ishlarini O‘zbekistonning patent bo‘yicha ishonchli
vakillari orqali yuritishlari mumkin.
Innovatsion faoliyatning barcha natijalari ham patent huquqi yoki
mualliflik huquqi obyekti sifatida himoya qilinishi mumkin emas
va baʼzan bu maqsadga mos ham kelavermaydi. Ushbu holatdan
innovatsion faoliyat subyektlari bu boradagi o‘z faoliyatlarini
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi talablaridan kelib
chiqqan holda tashkil etadilar. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi
Fuqarolik Kodeksining 98-moddasida bu haqda so‘z boradi. Mazkur
modda xizmat va tijorat siri deb atalib unda quyidagilar haqida
to‘xtalib o‘tiladi:
Fuqarolik qonun hujjatlari xizmat yoki tijorat siri bo‘lgan axborotni,
basharti bu axborot uchinchi shaxslarga nomaʼlumligi sababli haqiqiy
yoki nisbiy tijorat qimmatiga ega bo‘lgan, qonun yo‘li bilan undan
erkin bahramand bo‘lish mumkin bo‘lmagan hamda axborot egasi
uning maxfiyligini saqlashga doir choralar ko‘rgan hollarda himoya
etadi. 27
6.5. Litsenziyalash
Tashkilotlar innovatsion faoliyatining maqsadi nafaqat bozorga
yangi mahsulotlar va xizmatlar bilan kirish, o‘zlashtirilgan mahsulotni
takomillashtirish, amalda qo‘llanilayotgan texnologiyalarning
27 O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi. www.lex.uz
231