Page 237 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 237
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
Zamonaviy ilm-fan sig‘imli korxonalarning faoliyati ishlab
chiqarilayotgan mahsulotlarning murakkabligi va ular faoliyatining
yuqori darajada xavf-xatarga moyilligi bilan tavsiflanadi. Intellektual
faoliyat natijalaridan foydalanish hisobiga ishlab chiqarilayotgan
mahsulotlarni doimiy yangilab borishga doimiy zaruratning
mavjudligi sharoitida bunday ishlab chiqarishlar bilan bog‘liq
xavf-xatar darajasi yuqori bo‘lganligi bois, intellektual mulkni
boshqarish jarayo ni ga intellektual mulk mavjud bo‘lishining barcha
bosqichlarida yuza ga keluvchi xavf-xatarlarni boshqarish ham
kiritiladi. Intellektual mulkni huquqiy muhofaza qilish strategiyasi
kompaniyaning katta –kichikligiga, uning hayotiylik sikliga,
ishlab chiqarishni diversifikatsiya darajasiga ko‘p jihatdan bog‘liq.
Innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun moliyaviy, moddiy
va insoniy resurslar jalb imkoniyatlari borasida shubhasiz katta
imkoniyatlarga ega bo‘lgan yirik korporatsiyalar qator tarmoqlar
va faoliyat sohalarida bir qator ustunlikka ega bo‘lishlari bilan
ajralib turadilar. Lekin barcha innovatsion kompaniyalar uchun
yaratilayotgan mahsulotlar asosini tashkil etuvchi ilmiy-tadqiqotlar
va ishlanmalarning natijalarini huquqiy himoya qilish borasida
samarali qarorlar qabul qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Yirik kompaniyalarda boshqaruv qarorlarini qabul qilish
intellektual mulk obyektlarini korxona portfeliga kiritish yoki undan
chiqa rib tashlashga ko‘p jihatdan bog‘liq. Yirik korxonalarning
intellektual resurslarini boshqarish vazifasiga obyektlarni
inventarizatsiyadan o‘tkazish orqali himoyaga layoqatli obyektlarni
aniqlashtirish, ular ning tijorat jihatidan muhimligini baholash,
intellektual mulk obyekt larini huquqiy himoyalashning maqbul
bo‘lgan shakllarini tanlash, nomoddiy aktivlar sifatida ularni hisobga
olish, tijoratlashtirishning iqtisodiy jihatdan eng maqbul shakllarini
aniqlashtirish, shartnomalar bo‘yicha intellektual mulk obyektlariga
bo‘lgan huquqlarni boshqalarga berish, huquqlarni himoya qilish
tartibini joriy qilish, yangi bilimlarni yaratuvchilar va ulardan
foydalanuvchilar (mualliflar, ish beruvchilar, investorlar, huquq
egalari) o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solish, shaxsiylashtirish
236