Page 242 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 242
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
oladi yoki cheklaydi. Ushbu vositalardan foydalanishning maqsadi
asarlar egalarining ularni ijro etish yoki fonogramma sifatida ishlatish
orqali mutlaq huquqlari buzilishining oldini olishdir.
Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risidagi maʼlumotlar
asarlarni, turdosh huquqlar obyektlarini va ularning huquq egalarini
aniqlashtirish uchun ishlatiladi. Bundan tashqari, ular kelajakdagi
foydalanuvchilarni intellektual mulkdan foydalanish qoidalari va
shartlari to‘g‘risida xabardor qilish uchun mo‘ljallangan.
Bunday maʼlumotlar asarni televizion kanallarda translyatsiya
qilishda yoki internetda materiallarni nashr etishda ko‘rsatilgan
asarlarning nusxalarida eʼlon qilinadi.
Intellektual mulk obyektini huquqiy himoya qilish belgisi
intellektual faoliyat natijasi yoki alohidalashtirish vositasining qonun
bilan himoyalanganligining belgisidir. Intellektual mulk obyektining
turiga qarab turli xil huquqlarni himoya qilish belgilari ajratiladi:
tovar kelib chiqqan joy nomini himoya qilish belgisi, integral
mikrosxemaning topologiyasini himoya qilish belgisi, mualliflik
huquqlarini himoya qilish belgisi, tovar belgisini himoya qilish
belgisi, turdosh huquqlarni himoya qilish (fonogramma yaratuvchisi
va ijrochisi). Shuni yodda tutish kerakki, huquqiy himoya belgilari
foydalanuvchilarni intellektual mulk huquqlarini himoya qilish
to‘g‘risida xabardor qilish maqsadida ishlatiladi.
• Davlat tomonidan majburiy yo‘sinda qo‘llaniluvchi chora-
tadbirlar.
Ushbu chora-tadbirlar guruhi faqat vakolatli davlat organlari
(sudlar, maʼmuriy idoralar) tomonidan qo‘llaniladi. Intellektual mulk
obyektlarini himoya qilish va muhofazalashni tashkil etish, asosan,
tegishli instansiya sudiga daʼvo arizasini berish orqali amalga
oshiriladi. Qonunchilik, shuningdek, intellektual mulk huquqlarini
himoya qilishning maʼmuriy jarayonini amalga oshirishga imkon
beradi, bu esa maʼmuriy idoraning qarori ustidan sudga shikoyat
qilish imkoniyatini beradi.
• Maʼmuriy choralar.
Intellektual mulkni himoya qilishning ushbu shakli ko‘pincha
241