Page 238 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 238
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
vositalari va intellektual faoliyat natijalaridan samarali foydalanish,
boshqa korxonalarning ustav kapitaliga intellektual mulk bilan ulush
qo‘shish kabilar kiradi.
Katta kompaniyalarda intellektual mulkni boshqarish quyidagi
maqsadlarga erishishga qaratilgan:
• maʼlum bir bozorda yoki tarmoqda texnologik jihatdan
yetakchilikni taʼminlash;
• intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlardan foydalanish
evaziga qo‘shimcha daromad olish;
•yetakchi raqobatdosh kompaniyalar bilan birgalikda texnologik
hamkorlik shaklidagi strategik alyanslarda qatnashish;
• innovatsiyalardan foydalanish evaziga mahsulot va xizmatlar
ish lab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va ularning samaradorli -
gini oshirish;
• muomaladan tashqari aktivlar tarkibida nomoddiy aktivlar
ulushini oshirish hisobiga kapitallashuvning o‘sishiga erishish;
• texnologik qaramlikning oldini olish va intellektual mulk
natijalari, intellektual mulk huquqlarining buzilishiga barham berish
orqali kompaniyaning iqtisodiy xavfsizligini taʼminlash;
• innovatsion yechimlarni yaratish va ularni amaliyotga joriy qi-
lish jarayonlariga xodimlarni faol jalb qilish.
Ixtirochisi, egasi va boshqaruvchisi ko‘pincha bir shaxsda
mujassamlashgan kichik innovatsion kompaniyalarda intellektual
mulkni boshqarish o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanligi bilan
ajralib turadi. Odatda, bunday korxonalar muayyan innovatsion
g‘oyalarni amali yotga joriy etish maqsadida yaratilgan bo‘lib, ularni
intellektual mulk obyektlarining portfelini boshqarish masalasi
emas, balki intellektual faoliyatning muayyan bir natijasidan
samarali foydalanish, mos ravishda intellektual faoliyat natijasining
huquqiy himoyasini tashkil etish borasidagi ishlarni to‘g‘ri tashkil
etish qiziqtiradi. Innovatsion loyihaning ekish va ekishdan oldingi
bosqichlarida yangi mahsulot konsepsiyasini shakllantirish asnosida
potensial raqobatchilar va isteʼmolchilar aniqlashtiriladi, yangiliklarni
potensial tijoratlashti rish imkoniyatlari aniqlanadi. Ushbu bosqichda
237