Page 241 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 241
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
xizmat lar va korxonalarni individuallashtirish vositalariga bo‘lgan
huquqlar; patent huquqi; mualliflik huquqi va turdosh huquqlar;
nou-xau huquqi (ishlab chiqarish sirlari); integral mikrosxemalar
topologiyalariga bo‘lgan huquq; seleksiya yutuqlariga bo‘lgan huquq.
Patent, mualliflik huquqi va turdosh huquqlar, yuridik shaxslar,
tovarlar, ishlar, xizmatlar va korxonalarni individuallashtirish
vositalariga bo‘lgan huquqlar intellektual mulkning keng tarqalgan
shakllari hisoblanadi.
Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish va amalga oshirish ikki
yo‘l bilan amalga oshirilishi mumkin: yurisdiksiyali va suddan tash qari.
Birinchi holda, himoya tegishli davlat organida (sudda, savdo sanoat
palatasida) amalga oshiriladi. Ikkinchi holda, mualliflik huquqi egasi
intellektual huquqlarni mustaqil ravishda himoya qi lish imkoniyatiga
ega, masalan, bunday holatda, huquqbuzarlik sodir etgan va intellektual
mulk obyektlaridan ruxsatsiz foydalangan subyektga mualliflik huquqi
egasi tomonidan yozma xabarnoma yuboriladi.
Intellektual mulk huquqlarini huquqiy himoya qilishni tashkil
etish doirasida amalda quyidagi chora-tadbirlar qo‘llaniladi:
Fuqarolik huquqiga doir choralari.
Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo‘yicha fuqarolik-
huquqiy choralarning barcha turlarini quyidagicha tasniflash
mumkin:
• O‘zini himoyalash choralari.
Ulardan faqat intellektual mulk huquqi egasi foydalanadi. Bularga
quyidagilar kiradi: mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni himoya
qilishning turli xil texnik vositalaridan foydalanish, mualliflik huquqi
va turdosh huquqlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni joylashtirish, shu-
ningdek huquqiy himoya belgilaridan foydalanish.
Mualliflik huquqini himoya qilishning texnik vositalariga zamo-
na viy axborot texnologiyalari, texnik vositalar va ularning tarkibiy
qismlari kiradi, ular foydalanuvchining intellektual huquqlar
obyektiga kirishini nazorat qilishni taʼminlaydi va intellektual
huquqlar obyektiga nisbatan muallif yoki boshqa mualliflik huquqi
egasi tomonidan ruxsat etilmagan har qanday harakatlarning oldini
240