Page 244 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 244
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
zishni yoki huquqlarni himoya qilish va keyinchalik ixtisoslashtirilgan
tashkilot tomonidan zararni tiklash to‘g‘risida shartnoma tuzishni o‘z
ichiga oladi. Intellektual mulk huquqi egasi uchun ushbu jamoaviy
himoya usulining afzalligi ularning huquqlariga rioya etilishi ustidan
nazoratni sohaning yetuk mutaxassislariga ishonib topshirishda o‘z
aksini topadi.
Profilaktik usullar
Intellektual mulk huquqlarini muhofazalash va himoya qilishning
yana bir usuli – intellektual mulk mahsulotlaridan foydalanuvchilarga
ushbu obyektga bo‘lgan barcha huquqlar himoyalanganligi va
har qanday ruxsatsiz foydalanish (masalan, nusxa ko‘chirish)
javobgarlikka tortilishi to‘g‘risida oldindan xabardor qilishni ko‘zda
tutadi.
AMALIY TOPSHIRIQLAR
Nazorat va o‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar
1. Intellektual mulk deganda nimani tushunasiz? O‘z fikrlaringizni
misollar yordamida tushuntirib bering.
2. Intellektual huquq nima? Uning asosiy xususiyatlarini sanab be-
ring.
3. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi va “Mualliflik
huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining
Qonunida intellektual mulk huquqining qanday obyektlari ko‘rsatib
o‘tilgan?
4. O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining asosiy
vazifalari nimalardan iborat?
5. Innovatsion iqtisodiyotda intellektual mulkning o‘rni va ahamiyati
nimalardan iborat?
6. Intellektual mulk obyekti qiymatini hisoblashning qanday usullari
mavjud?
7. Innovatsion kompaniyaning intellektual mulkini boshqarish
deyilganda nima tushuniladi?
8. Litsenziyalash va patentlash to‘g‘risida batafsil tushuncha bering.
243