Page 243 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 243

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
             sudgacha  bo‘lgan  jarayon  sifatida  eʼtirof  etiladi.  Bunda  ko‘pincha
             maʼmuriy ish yuritish orqali masalalarni hal qilish sud jarayoni bilan
             tugaydi. Intellektual mulk huquqlarini himoya qilishning maʼmuriy
             shakliga  bunday  qarash  haqiqatga  to‘liq  mos  kelmaydi,  chunki
             intellektual  mulk  bilan  bog‘liq  nizolarni  hal  qilishning  sudgacha

             bo‘lgan tartibi butunlay boshqacha tabiatga ega.
                •  Jinoiy javobgarlik choralari.
                O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksida mulk huquqi, xususan,
             intellektual  mulk  huquqini  buzish  bilan  bog‘liq  jinoyatlar  uchun
             jinoiy javobgarlik choralari belgilangan.
                Intellektual mulk huquqlarini muhofaza qilish va himoya qilishni
             taʼminlash usullari:
                Sud orqali
                Intellektual  mulk  huquqlarini  muhofazalash  va  himoya  qilish

             masalalari, odatda, boshqa usullar natija bermagan taqdirdagina sud
             orqali hal qilinadi. Bu nizolarni hal qilishning sud usulining muhim
             kamchiliklari bilan bog‘liq: daʼvo arizasini to‘g‘ri yozish va topshirish
             uchun  yuqori  ixtisoslashgan  bilimlar  talab  qilinadi;  ish  bo‘yicha
             sud  majlislarida  qatnashish  talab  etiladi;  ish  yuritish  yetarlicha
             uzoq davom etishi mumkin; jabrlanuvchi moliyaviy xarajatlarni o‘z
             zimmasiga oladi va shu kabilar.
                Suddan tashqari

                Intellektual mulk obyektlarini muhofazalash va himoya qilishning
             ushbu  varianti  nizoni  sud  organlariga  murojaat qilmasdan hal qi-
             lishni o‘z ichiga oladi. Suddan tashqari choralar natijasida mualliflik
             huquqi egasi va qoidabuzar o‘rtasida maxsus shartnoma imzolash
             mumkin. Bunday  shartnoma  doirasida  odatda quyidagi shartlar
             belgilanadi: yetkazilgan zararni moddiy qoplash, hujjatni imzolash
             paytida  huquq  egasi  tomonidan  buzuvchiga  nisbatan  hech  qanday
             daʼvolarning yo‘qligi va shu kabilar.
                Jamoaviy tarzda himoya qilish


                Intellektual mulkni himoya qilishning yana bir varianti mualliflik
             huquqi va turdosh huquqlarni jamoaviy himoya qilishdir. Ushbu usul
             intellektual mulk huquqlari egalari tomonidan maxsus uyushma tu-

                                                  242
   238   239   240   241   242   243   244   245   246   247   248