Page 247 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 247

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
             oldin duch kelgan. Bitta ommaviy (ijtimoiy sahifa) o‘z logotipini qo‘yib,
             mening  mualliflik  rasmimni  o‘g‘irladi.  Men  fotosuratni  muallif  bilan
             asl nusxasi bilan almashtirishni talab qildim. Huquqbuzar uzr so‘radi
             va qidiruv tizimida fotosurat topganini aytdi. Ha, muammo hal qilindi,
             ammo so‘nggi paytlarda bunday holatlar tobora ko‘payib bormoqda.

                Muammo  juda  oddiy  –  ular  fotosuratlarni  o‘g‘irlashadi,  asl
             logotipni (suv belgini) olib tashlashadi va muallifni ko‘rsatmasdan
             o‘z resurslariga qo‘yishadi. Fotojurnalistlarning adolatli daʼvolariga
             eng keng tarqalgan javob bu fotosurat qidiruv tizimlarida topilgan.
             Keyin  siz  huquqbuzarlardan  fotosurat  “Yandex”  yoki  “Google”dan
             olinganligini  isbotlovchi  skrinshotni  taqdim  etishlarini  so‘raysiz.
             Albatta,  hech  kim  sizga  labbay  deb  javob  bermaydi,  shunchaki  siz
             bilan aloqani shartta to‘xtatadi.
                O‘zbekistonda mualliflik huquqini tartibga soluvchi qonun mavjud,

             ammo madaniyat yo‘q. Men jarimalar va sudlarni ko‘rmayapman.
                Video montajchisi Olim Hamzayevning hikoyasi
                Birinchi  marta  “O‘zbekiston  sadosi”  Telegram  kanalida  (41k
             obunachi)  mening  Tik-Tok  akkauntimdan  video  joylashtirilganida
             mualliflik huquqining buzilishiga duch keldim. Dastlab, video vertikal
             formatda edi, kanalda u kvadrat shaklida kesilgan holda nashr etildi,
             taxallus ham o‘zgartirildi.

                Faqat bitta reaksiya bor edi – tushunmovchilik. Shaxsiy PR uchun
             birovning ishidan qanday foydalanish mumkin?
                Ko‘rsatilgan  taxallusdan  video  muallifini  topdim.  Qisqa  suhbat
             bo‘lib o‘tdi, oxirida u uzr so‘radi. “O‘zbekiston sadosi”dan video olib
             tashlandi, muallifni to‘g‘ri ko‘rsatgan holda qayta namoyish etishdan
             bosh tortildi.
                Keyingi voqea “Dayjest-O‘zbekiston yangiliklari” Telegram kanali
             (89k obunachi) bilan bog‘liq. Resurs maʼmurlari o‘zlarining belgilarini
             menga tegishli resurs ustiga qo‘yishdi. Post ostida tanishlarim

             mualliflik  huquqining  buzilishi  haqida  sharhlar  yozdilar,  shundan
             so‘ng resurs yo‘qolib qoldi.
                Va xuddi shu videoning yana bir holati “Instagram”dagi “gorod24_
             tashkent” (1,8 k obunachilar) akkauntiga bog‘liq. Bir qiz ularga vi-

                                                  246
   242   243   244   245   246   247   248   249   250   251   252