Page 251 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 251

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV

                             BOZORGA INNOVATSION MAHSULOTLARNI
              7-MAVZU
                             OLIB KIRISH


                7.1. Innovatsion mahsulotlar/xizmatlar bozori va innovatsion

             marketingning o‘ziga xos xususiyatlari
                7.2.  Innovatsion  mahsulot/xizmatlar  bozori  isteʼmolchilari-
             ning asosiy guruhlari
                7.3. Innovatsion mahsulotni bozorga olib kirishda innovatsion
             mahsulotlar/xizmatlar bozorini tahlil qilish
                7.4. Innovatsion mahsulotlar/xizmatlar bozorida muvaffaqiyatga
             erishish omillari
                7.5. Innovatsiyalar bozorida pozitsiyaga ega bo‘lishning o‘ziga
             xos jihatlari

                7.6. Bozorga innovatsion mahsulotlar/xizmatlarni olib kirish
             strategiyalari
                Mavzuning qisqacha sharhi. Innovatsion bozor – bu innovatsion
             yalpi ijtimoiy mahsulotning bir qismini sotilishini taʼminlaydigan soha
             bo‘lib, unda qabul qilingan ishlab chiqarish uslubiga xos bo‘lgan ijtimoiy
             va iqtisodiy munosabatlar innovatsiyalarni yaratish va isteʼmol qilish
             bilan bog‘liq holda namoyon bo‘ladi. Innovatsion mahsulotni bozorga

             olib chiqish kompaniyaga muayyan bir segmentda o‘zini namoyon qilish,
             raqobatdoshlikni ushlab qolish va sotishni kengaytirish imkonini beradi.
             Innovatsion  mahsulotni  bozorga  olib  kirish  chog‘ida  yo‘qotishlarni
             kamaytirish  uchun  kirib  borishning  maqbul  strategiyasini  tanlash
             imkonini beruvchi qarorlar qabul qilish jarayonini modellashtirish lozim.
             Muayyan strategiyani tanlash resurslarni samarali taqsimlash borasida
             xavf va imkoniyatlarni hisobga olishga imkon beradi.
                Anʼanaviy bozorlarga qaraganda innovatsion bozorlar bir muncha
             o‘zgaruvchan bo‘lgan holda, bu o‘z navbatida muttasil bozorni o‘rga-

             nish va bozor o‘zgarishlariga tezkor javob qaytarishni talab qiladi.
                Innovatsion mahsulotni bozorga olib chiqish quyidagi bosqichlarni
             o‘z ichiga oladi:
                innovatsion mahsulot g‘oyasini yaratish;

                                                  250
   246   247   248   249   250   251   252   253   254   255   256