Page 254 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 254
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
Innovatsion loyiha bosqichlarini ko‘rib chiqish asnosida
kompaniyada marketingning rivojlanish darajasi bilan innovatsion
biz nes uchun xos bo‘lgan xavf-xatarlarning o‘zaro bog‘liqligini
yaqqol tasavvur qilishimiz mumkin bo‘ladi. Quyida sanab o‘tilgan
innovatsion loyiha bosqichlarining 14 tasidan 6 tasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri
innovator/innovatsion kompaniya tomonidan amalga oshiriluvchi
marketing faoliyatining samaradorligiga bog‘liq:
• yangi g‘oyalarni izlab topish;
• bozorni dastlabki baholash;
• “to‘g‘ri” g‘oyalarni saralab olish;
• mahsulotni texnik jihatdan dastlabki ko‘rikdan o‘tkazish va
baholash;
• iqtisodiy tahlil (moliyaviy tahlil);
• yangi mahsulot konsepsiyasini ishlab chiqish (mahsulot
prototipini yaratish);
• mahsulotni texnik testdan o‘tkazish;
• mahsulotni isteʼmolchilar tomonidan dastlabki testdan o‘tkazish;
• tajriba tariqasida sotuvni yo‘lga qo‘yish;
• tajriba-sinov tariqasida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish;
• iqtisodiy tahlil (moliyaviy ko‘rsatkichlarga aniqlik kiritish);
• ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish;
• mahsulotni bozorga olib chiqish.
Boshqacha qilib aytganda, yangi mahsulotning muvaffaqiyatga
eri shish omillari quyidagilar hisoblanadi:
• mahsulotning raqobatdosh mahsulotlarga nisbatan ustunligi
(isteʼmolchilar tomonidan yaxshi idrok etishga yordam beruvchi
o‘ziga xos xususiyatlar);
• kompaniyaning marketing nou-xausi (mijozlarning xatti-
hara katlari, yangiliklarni qabul qilish tezligi va potensial bozor
ko‘lamlarini tushunish);
• patent yoki savdo sirini saqlash rejimida himoyalangan texno-
logik nou-xauning mavjudligi.
Demak, texnologik afzallikning faqat bir o‘zi tijoriy muvaffaqiyat-
larni taʼminlay olmaydi. Shunday qilib, har qanday inno vator yoki
253