Page 252 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 252

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
            mahsulot konsepsiyasini ishlab chiqish;
            innovatsion mahsulotni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish borasida
          marketing strategiyasini ishlab chiqish;
            tijoratlashtirish.
            Mazkur  mavzuda  innovatsion  mahsulotlarni  bozorga  olib  chiqish
          masalalariga urg‘u berilgani holda, innovatsion biznes, innovatsion
          mahsulot,  innovatsion  loyiha,  innovatsion  marketing,  isteʼmolchi-
          larning asosiy guruhlari, bozor segmenti kabi tushunchalarga to‘xtab
          o‘tiladi.
            O‘zbekiston elektromobillar ishlab chiqarishni yiliga 500

          mingtagacha oshirishi mumkin
            Yaqin kelajakda O‘zbekiston har yili elektromobillar ishlab chiqarishni
          500 ming donagacha oshirishi mumkin, deb xabar beradi davlat rahbari
          matbuot  xizmati.  Shavkat  Mirziyoyev  Xitoyga  davlat  tashrifi  chog‘ida
          “BYD”  kompaniyasi  shtab-kvartirasida  bo‘ldi  va  hamkorlikda  Jizzax
          viloyatida gibrid va elektromobillarni yig‘ish loyihasi ishga tushirildi.
            Prezident  va  “BYD”  rahbari  Vang  Chuanfu  elektromobillar  ishlab
          chiqarishni  500  ming  donagacha  oshirishni  muhokama  qilishdi,  bu
          2023 yil sentabr oyida eʼlon qilingan dastlabki rejalardan uchdan ikki
          barobarga yuqori.
            So‘nggi uch yil ichida elektr transport vositalarini sotish soni 10 ba ravar
          oshdi. O‘tgan yili yengil avtomobillar importining uchdan bir qismidan
          ko‘prog‘i yoki 25 mingga yaqini gibrid avtomobil va elektromobillarga
          to‘g‘ri  kelgan.  Davlatimiz  rahbari  elektromobil  sanoatining  ilgari
          belgilangan  rejalarini  kengaytirish  va  loyihalarni  amalga  oshirishni
          jadallashtirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.
            Innovatsiya va texnologiyalarni joriy etish maqsadida Turin Politexnika
          instituti, muhandislik markazlari, ilmiy institutlar va laborato riyalarni

          bog‘laydigan yaxlit tizimni yaratish vazifasi qo‘yildi.
            Keyingi uch yil ichida elektr transporti sohasidagi mutaxassislar va
          ishchilarga talab 10 ming kishiga ko‘payishi mumkin.
            Shu munosabat bilan yuqori malakali kadrlar tayyorlashni hozirdanoq
          boshlash topshirildi. Bundan tashqari, elektr quvvatlash shaxobchalari
          tarmog‘ini rivojlantirish dasturi ishlab chiqiladi.
                                                         Prezident matbuot xizmati

                                               251
   247   248   249   250   251   252   253   254   255   256   257