Page 253 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 253

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
                      7.1. Innovatsion mahsulotlar/xizmatlar bozori va
                    innovatsion marketingning o‘ziga xos xususiyatlari
                Mamlakatimizda innovatsion biznesning muammolari asosan
             il miy-texnikaviy va innovatsion korxonalarda marketingning
             rivojlanmaganligi bilan uzviy bog‘liq. Yangi mahsulotlar yaratish

             jarayonini marketing qo‘llab-quvvatlashi asosida tashkil etish
             innovatsion kom paniyaning eng muhim muammolaridan biri sanaladi.
             Ama liyot ko‘rsatishicha, innovatsion mahsulotlarni bozorga chiqarish

             xavfi o‘ta yuqori bo‘lar ekan, xususan, yangi mahsulotlarning uchdan
             bir qismi bozorda o‘z o‘rnini topa olmaydi va daromadning o‘rniga ular
             faqat zarar keltiradi. Bozorga yangi mahsulotlarni kiritishning muhim
             omili, ayni paytda mahsulotlarning o‘ziga xosligi va shu bilan bir
             qatorda bozorning talabi bilan bog‘liq. Bozorga olib chiqish jarayonida:
                •  sanoat mahsulotlarining 20-25 foizi;

                •  shaxsiy isteʼmol tovarlarining 30-35 foizi;
                •    mavjud  assortimentni  kengaytirilishi  natijasida  yaratilgan
             mahsulot va xizmatlarning 27 foizi;
                •  savdo markalari innovatsiyalarining 31 foiz;
                •  mutlaqo  yangi  mahsulotlarning  46  foizi  muvaffaqiyatsizlikka
             uchraydi.
                Ko‘rib turganimizdek, isteʼmol tovarlari bozorida xavf-xatar darajasi

             bir  muncha  yuqori  bo‘lib,  bu  holat  ushbu  segmentda  raqobatning
             yuqori  darajasi  va  isteʼmolchilarning  o‘ziga  xos  xatti-harakatlari
             bilan izohlanadi. Bundan tashqari, ushbu raqamlar bozorga asosan
             yangi mahsulotlarni olib chiqish borasidagi yuqori darajadagi xavfni
             na moyon  etadi.  Bu  turdagi  yangi  mahsulotlar  ko‘pincha  “yorib
             chiquv chi”  innovatsiyalar  ham,  deb  ataladi.  Yangi  mahsulotlarning
             muvaffaqiyatsizlikka  uchrashini  keltirib  chiqaruvchi  sabablarga
             quyi dagi omillarni kiritishimiz mumkin: bozorning yetarlicha tahlil
             qilinmasligi, mahsulotning nuqsonlari, amalga oshirilayotgan

             marketing chora-tadbirlarining yetarlicha samarali emasligi, haddan
             ziyod  katta  xarajatlar,  raqobatchilarning  harakatlari,  mahsulotni
             bozorga  olib  chiqishda  yetarlicha  qo‘llab-quvvatlamaslik,  ishlab
             chiqarishdagi muammolar.

                                                  252
   248   249   250   251   252   253   254   255   256   257   258