Page 255 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 255

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
             innovatsion  kompaniya,  ertami-kechmi  marketing  omillari  haqida
             o‘ylashlari kerak.
                Hozirgi iqtisodiy nobarqarorlik, biznes-modellarning va texnolo-
             giyaning  yuqori  surʼatda  o‘zgarishi,  mahsulotlarning  hayotiylik
             davri ning tezlashishi korxona raqobatdoshligini innovatsiyalardan

             foy dalanmay  turib  oshirishning  imkoni  mavjud  emasligini
             isbotlamoqda.
                Korxona  raqobatdoshligi  uning  maʼlum  bir  sohada  boshqa
             raqib  korxonalardan  ustunligini  anglatadi.  M.  Porterning  fikricha,
             raqobatdoshlik,  o‘z  navbatida,  resurslardan  samarali  foydalanishni
             aks  ettiradi.  Korxona  raqobatdoshligini  oshirish yo‘llaridan biri
             innovatsiyalarni ishlab chiqish va ulardan foydalanish hisoblanadi.
             Shuningdek, bozor sharoitlarining doimiy o‘zgarishi marketingda
             innovatsiyalarni qo‘llash zaruratini oshirmoqda.

                Inqirozli vaziyatlar sharoitida isteʼmolchilar ehtiyojiga tayangan
             holda mahsulot ishlab chiqarish, korxonani bozorda raqobatdoshligi-
             ni oshiradi va o‘z faoliyatini samarali amalga oshirish imkoniyatlari-
             ni beradi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, texnologik innovatsiyalar
             uchun moliyaviy resurslar bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelganda,
             innovatsion marketing korxonaning raqobat kurashida asosiy dastak
             bo‘lib xizmat qiladi. Korxonaning bozor muhitidagi faoliyati uning

             mijozlari tomonidan belgilanadi.  Agar mijozlar korxona mahsulot
             va xizmatlarini ularni yaratish uchun ketgan xarajatlarga nisbatan
             ko‘proq baholasa, biznes rivojlanadi, aks holda unga tashqi yordam
             zarur bo‘ladi yoki bunday korxona inqirozga yuz tutadi. Bu borada P.
             Druker quyidagi fikrni bildirgan: “biznesning asosiy maqsadi mijoz-
             larni jalb qilish bo‘lganligi sababli, korxonaning ikkita va faqat ikkita
             asosiy funksiyasi mavjud: marketing va innovatsiya”.
                Tadqiqotlarga ko‘ra, innovatsion  marketing yangi mahsulotlar,
             uskunalar, xizmatlar va yangi texnologiyalarni ishlab chiqish hamda

             ularni bozorda realizatsiya qilish uchun yangi marketing usullaridan
             foydalanish  bilan  bog‘liq.  Korxonalar  faoliyatini  tahliliga  asosan,
             marketingda  innovatsiyalardan  foydalanish,  isteʼmolchilar  talabini
             to‘liq qondirish hamda yangi bozorlarni egallash imkoniyatini beradi.

                                                  254
   250   251   252   253   254   255   256   257   258   259   260