Page 258 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 258

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
          moslilik mahsulotning isteʼmol xususiyatlari isteʼmolchining hayot
          tarzi,  etnik  meʼyorlari  va  hayotiy  qoidalariga  mos  kelishi  hamdir.
          Mahsulotning murakkabligi mahsulot isteʼmol xususiyatlari, hamda
          uni isteʼmolchi tomonidan qo‘llashning murakkabligini tez va oson
          anglash  darajasidir.  Odatda,  mahsulotning  tatbiq  etish  qanchalik
          murakkab bo‘lsa, uning isteʼmolchilar orasida tijorat muvaffaqiyatiga

          erishish ehtimolligi shunchalik past bo‘ladi .
                                                           28
            Mahsulotni muvaffaqiyatga erishishidagi zaruriy shartlardan yana
          biri – bu, uni sinovdan o‘tkazishdir. Buning uchun reklama namuna-
          larini, kompyuter dasturlarining demo-versiyalarini tarqatish
          maq sadga  muvofiq  bo‘ladi.  Va  nihoyat,  ommaboplik  potensial
          isteʼmolchilar  uchun  yangiliklardan  foydalanish  natijalarining
          aniqligidir.  Amalda innovatsiyalarni  reklama qilishda mashhur
          shaxslardan foydalanish orqali ommaboplikka erishish mumkin.
            Ilmiy izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, innovatsion marketing
          konsepsiyasi, bozorni tadqiq qilish asosi hamda korxonaning raqobatdosh

          strategiyasini izlash hisoblanadi. Innovatsiyalarni boshqarishga
          marketing orqali yondashuv kompleks qaraladi va u asosan, ishlab
          chiqaruvchi hamda isteʼmolchi nuqtai nazaridan o‘rganiladi.
            Innovatsion marketing, o‘z navbatida, innovatsion strategiyani
          ish lab  chiqishni,  bozorni  tahlil  qilish  va  operativ  marketingni
          o‘z  ichiga  oluvchi  yetti  asosiy  bosqichdan  iboratdir.  Innovatsion
          marketingning muhim shakllaridan biri – strategik hamda operativ
          marketing hisoblanadi.

            Strategik innovatsion marketingning asosiy yo‘nalishlaridan biri bo -
          zorga yangiliklarni kiritish strategiyasini ishlab chiqishdan ibo ratdir:
            innovatsion marketing faoliyati dasturi va rejalarini ishlab chiqish;
            marketing  innovatsiyalarini  ishlab  chiqish  va  ularni  qo‘llash  ja-
          rayo ni ustidan kuzatuvni amalga oshirish;
            mahsulotni        ishlab     chiqishdan       isteʼmolchilarga      xizmat
          ko‘rsatishgacha yagona innovatsion siyosatni amalga oshirish;
            korxona  ichida  va  tashqarisida  innovatsion  faoliyatni  muvofiq-
          lashtirish;

          28  Мур Дж.А. Внутри торнадо: Стратегии развития, успеха и выживания на гиперрастущих рынках. Спб:
          Бест Бизнес Букс, 2010
                                               257
   253   254   255   256   257   258   259   260   261   262   263