Page 261 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 261

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
             tishga asoslangan faoliyatidir. Izlanishlar natijasi shuni ko‘rsatadiki,
             innovatsiya  hayotiy  davrining  har  bir  bosqichi  turli  marketing
             usullarini va yondashuvlarini, turli strategiya va taktikani talab qiladi.
                Innovatsion  marketing  tadbirlari  tizimi  faqatgina  ishlab  chiqa-
             rishni yangilash bilan emas, balki kapitalni jamlanishi va oqimi di-

             namikasi bilan uzviy bog‘langan.
                Innovatsion  marketing  raqobatchilariga  nisbatan  ko‘proq  foyda
             olishni istagan korxonalar uchun muhim bo‘lib, innovatsiyalarga va
             yangiliklarga asoslangan ustun raqobat strategiyasini shakllantiradi.
             Shuningdek,  innovatsion  marketing  faqatgina  bozordagi  yangi
             mahsulotni yoki mavjud mahsulotni realizatsiya qilish emas, balki
             yangi texnologiyalardan: yangi mahsulot yoki texnologik jarayon
             bo‘yicha ixtiro va nou-xaular uchun litsenziyalarni sotish hamda uni
             tayyorlash uchun uskunalarni takomillashtirishni nazarda tutadi.

                Innovatsion  mahsulotlar  ilm-fan  va  ilmiy-texnik  mahsulotlarning
             o‘ziga xos bozorini tashkil qiladi. “Anʼanaviy” tovarlar bozori bilan so-
             lish tirganda uning xususiyatlari turli xil va sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi
             o‘zaro munosabatlarning barcha jihatlariga taʼsir qiladi va shuning uchun
             ham kompaniyaning marketing siyosatida o‘z aksini topishi lozim.
                Ushbu bozorning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:
                •  mahsulotning  o‘ziga  xosligi  (boshqalaridan  ajratib  turuvchi

             ustunligi, baʼzi hollarda uning texnologik jihatdan murakkabligi, ishlab
             chiqarishning dastlabki bosqichlarida xarajatlarning yuqoriligi);
                • kompaniya uchun (ayniqsa, start-up bosqichida bo‘lgan kichik
             innovatsion kompaniyalar uchun) bozorning yangiligi;
                • bozor uchun mahsulot, baʼzi hollarda esa ishlab chiqaruvchining
             mavhumligi;
                •  isteʼmolchilar xulq-atvorining o‘zgaruvchanligi;
                •  talabning narx bo‘yicha egiluvchanligining pastligi bois narx siyo-
             satining savdo hajmiga cheklangan taʼsiri;

                •  bozor  ko‘lamlarining  kichikligi  (ayniqsa  ishlab  chiqarish
             ahamiyatidagi yuqori texnologiyali mahsulotlar uchun);
                •  dastlabki  bosqichda  bevosita  raqobatchilarning  yo‘qligi
             (intellektual mulkka monopoliya tufayli);

                                                  260
   256   257   258   259   260   261   262   263   264   265   266