Page 262 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 262

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
            •  kompaniya xodimlarining nazariy jihatdan yaxshi yo‘lga qo‘yilgan
          PR-siyosati  bilan  erishgan  yutuqlari  isteʼmolchilar  o‘rtasida  kom-
          paniya darajasini sezilarli darajada oshirishi mumkin;
            •   innovatsion  mahsulotlarni  sotishning  isteʼmolchining
          innovatsion salohiyati darajasiga bog‘liqligi: bir qator sotish

          bozorlari ning  umumiy  texnologik  qoloqligi  bois,  ko‘pgina “pioner”
          innovat siyalarning amaliyotga joriy etilishi qiyin kechadi.
            Innovatsion,  isteʼmolchi  uchun  hali  nomaʼlum  mahsulotlarni
          bozorga  olib  chiqish,  birinchi  navbatda,  xaridorlar  reaksiyasining
          ol dindan  aytib  bo‘lmaslik  xavfining  mavjudligi  kabi  muammolar
          bilan bog‘liq. Bu har qanday soha yoki tarmoqda faoliyat yuritadigan
          kompaniyalar uchun xos bo‘lsa-da, lekin mahsulotlarning yangilanish
          darajasi yuqori bo‘lgan yuksak texnologiyali mahsulotlar bozori
          uchun,  ayniqsa,  muhimdir.  Isteʼmolchini  avvaldan  tayyorlamasdan

          turib,  mazkur  yangi  mahsulotni  bozorga  olib  chiqishning  puxta
          o‘ylangan strategiyasini ishlab chiqmasdan turib, yangi mahsulotning
          bozorda muvaffaqiyat qozonishi haqida gapirish mushkul. Yuqorida
          taʼkidlab o‘tilganidek, innovatsiyalar bozorining o‘ziga xos jihatlari
          innovatsiyalar marketingining o‘ziga xos xususiyatlarini belgilab
          beradi. Bu o‘ziga xosliklar quyidagilarda ifodalanadi:
            •   bir  necha  soha  va  tarmoqlarda  potensial  ehtiyojlarni  izlash

          va  ularni  o‘rganish  zarurati,  chunki  ko‘pincha  ilmiy-texnik
          ishlanmalarning natijalari tarmoqlararo tavsifga ega bo‘ladi;
            •  innovatsion tovarlarni sotish uzoq muddatli va ketma-ketlikda
          amalga  oshiriluvchi  reklama  kompaniyasining  o‘tkazilishini  ko‘zda
          tutadi,  chunonchi  isteʼmolchi “pishib  etilishi”  zarur:  isteʼmolchiga
          innovatsiyalarning  mohiyati  va  afzalliklarini  batafsil  tushuntirish
          talab etiladi, aks holda u o‘zi tanish bo‘lmagan mahsulotni sotib
          olishdan voz kechadi-qo‘yadi.
            •  innovatsion mahsulotlar nafaqat sifat jihatdan yangi bo‘lgan, yoki

          avvaldan mavjud ehtiyojlarni sifat jihatdan yangicha usul va uslublar
          yordamida qondirishi, balki shu bilan bir qatorda mavjud o‘xshash
          mahsulotlar va substitutlarga nisbatan innovatsion mahsulotning
          afzalliklarini isteʼmolchilarga yetkaza bera olishi lozim.

                                               261
   257   258   259   260   261   262   263   264   265   266   267