Page 263 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 263
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
• B2B bozorida murakkab ilmiy-texnik mahsulotlarni sotishda
“ommaviy” isteʼmolchilar deb ataluvchi tajribali isteʼmolchilarga
tayanib ish ko‘rilishi lozim. “Ommaviy” isteʼmolchilar (xarid markaz-
lari) tarkibiga xaridorlardan tortib ishlab chiqarish bo‘linmalarining
xodimlarigacha kiradilar.
• innovatsion mahsulotlarni sotish uzoq muddatli muzokaralar
va kelishuvlarni talab etadi, zero yuqori texnologiyali tovarlar
ishlab chiqarish bozorlarida ham, isteʼmol bozorlarida ham uzoq
muddatli tanlashlar va ekspertlar bilan muhokamalardan so‘ng
sotib olinadi.
• ko‘pincha innovatsion mahsulotlarning texnik jihatdan
murakkabligi sotishdan keyingi xizmatlarning yaxshi tashkil
etilishini ko‘zda tutadi, boshqacha aytganda servis xizmati yaxshi
yo‘lga qo‘yilmas ekan, yangi mahsulotning bozorda tijorat nuqtai
nazaridan muvaffaqiyatga erishishi dargumon.
• innovatsion kompaniyaning imijiga kompaniya xodimlarining
fundamental tadqiqotlari natijalari ham sezilarli darajada
taʼsir qiladi, shuning uchun bunday tadqiqot natijalaridan PR-
kampaniyalarni o‘tkazishda keng foydalanish mumkin. Bundan
tashqari, innovatsion biznes uchun marketing kanallari sifatida
konferensiyalar, il miy anjumanlar va professional jamoatchilik
bilan muloqot qilishning boshqa shakllari ham xizmat qilishi
mumkin.
• innovatsion mahsulotning murakkabligi uning barcha real
va potensial ustunliklari bitta kompleks sifatida qaraluvchi
“yaxlit mahsulot”ning shakllanishi uchun zamin yaratib beradi.
Yuqorida kelti rilgan barcha omillar innovatsion sohadagi
kompaniyalar uchun marketing majmuining ahamiyatini
ko‘rsatib beradi.
Ushbu kompaniyalarning aksariyati kichik va o‘rta korxonalar
guruhiga kiradi. Shuning uchun ularning asosiy tavsiflari
kompaniyaning kichik o‘lchamlari (xodimlar soni) va cheklangan
resurslar hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, marketing, yuqorida aytib
o‘tilganidek, o‘ziga xos xususiyatlarga egaligi bilan ajralib turadi.
262