Page 264 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 264
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
Marke tingning ko‘plab taʼriflari mavjud, ammo innovatsion biznes
uchun eng mos keladigan taʼrif, bu kichik biznes uchun marketing
qo‘llanmasida berilgan taʼrifdir.
“Marketing isteʼmolchilar bilan to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan aloqalar
asnosida ishlab chiqaruvchilardan to‘g‘ri mahsulotni to‘g‘ri
29
isteʼmolchilarga to‘g‘ri belgilangan narxlar asosida, to‘g‘ri vaqt
va to‘g‘ri joyga yetkazib berish orqali isteʼmolchilar ehtiyojlarini
qondirishning barcha funksiyalarini o‘z ichiga oladi”. Boshqacha
aytganda, yuqorida sanab o‘tilgan oltita “to‘g‘ri” kombinatsiyasi
isteʼmolchilarning ehtiyojlari qondirilishini va muvaffaqiyatli
marketingning yo‘lga qo‘yilishini taʼmin etadi.
Marketing quyidagi vazifalarni hal etishi lozim:
• real isteʼmolchilarining yangi mahsulot va xizmatlarga bo‘lgan
aniq ehtiyojlarini aniqlash;
• to‘g‘ri mahsulotni to‘g‘ri narxda, to‘g‘ri joyda va o‘z vaqtida
yetkazib berish orqali mazkur ehtiyojlarni qondirish;
• to‘g‘ri axborot kanallarini ishlatib, samarali reklama
kompaniyasidan foydalangan holda isteʼmolchilarni yangi
mahsulotlar haqida xabardor qilish.
Yuqorida sanab o‘tilgan vazifalarning bajarilishini taʼminlash
tadbirkordan marketing tenglamasi yechimlarining barcha shartlariga
qatʼiy rioya qilish lozimligini talab qiladi.
Mahsulot isteʼmolchi ehtiyojlariga mos kelishi lozim.
Narx isteʼmolchi xohishi va uni qondira olish qobiliyatiga mos
kelishi kerak.
Joy isteʼmolchining mahsulotni olishiga qulay bo‘lishi lozim.
Vaqt isteʼmolchi ushbu mahsulotga ehtiyoj sezgan davrga mos
tushishi shart.
Kommunikatsiya kanallari isteʼmolchining axborotlarni ko‘-
rish, tushuna olish va qabul qila olish imkoniyatlariga mos kelishi
zarur.
29 Mazkur holatda “to‘g‘ri” so‘zi amaldagi qonunlar va meʼyorlarga mos keluvchi, mavjud talablarga to‘la javob
beruvchi, degan maʼnoni anglatadi.
263