Page 265 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 265
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
7.2. Innovatsion mahsulot/xizmatlar bozori
isteʼmolchilarining asosiy guruhlari
Bozor haqida zarur maʼlumotlarni olgandan so‘ng, innovatsion
mahsulot uchun to‘g‘ri isteʼmolchilarni aniqlashtirib olish kerak
bo‘ladi. To‘g‘ri isteʼmolchilarning boshqa isteʼmolchilardan farqi
shundaki, ular aynan ushbu mahsulotga ehtiyoj sezadilar va ularning
mazkur mahsulotlarni sotib olishga yetarlicha pul mablag‘lari mavjud
bo‘ladi. Biznesning o‘sishini taʼminlash uchun bunday isteʼmolchilar
soni yetarlicha ko‘p bo‘lishi lozim. Potensial isteʼmolchilarni aniqlash
(mijozlar profilini yaratish) marketing faoliyatida juda muhim
ahamiyatga ega. Potensial isteʼmolchilarni aniqlash natijasida,
bizning mahsulotimizni sotib oluvchi isteʼmolchilar amalda qanchani
tashkil etadi va mazkur biznes bilan shug‘ullanish maqsadga
muvofiqmi, degan masalalarga oydinlik kiritib olamiz. “O‘zimizning
xaridorlar”ni aniqlashda yana bir muhim mezon tanlangan bozor
segmentining o‘sish potensialini aniqlik kiritishdan iborat. Ko‘lami
torayib borayotgan yoki stagnatsiya holatidagi bozorga kirib borish –
eng muvaffaqiyatsiz tanlov hisoblanadi. Marketing faoliyati odatda,
korxona o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yish asosida yuqori samaradorlikka
erishishi mumkin bo‘lgan bozor segmentiga yoki aniq, muayyan
bozor (maqsadli bozor)ga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Bozor segmenti – muayyan mahsulot bozorining bir bo‘lagi bo‘lib,
unda xaridorlarning ma’lum guruhi mahsulotning aniq ko‘rinishlariga
mo‘ljal oladilar. Bozorni segmentlash xaridorlar talabining qondirilish
darajasi bilan bozordagi joriy taklifni taqqoslash asnosida bozor
ulushini, yaʼni bozordagi to‘ldirilmagan bo‘sh joylarni aniqlashga
imkon beradi. Bozorga innovatsion mahsulot bilan kirishni
rejalashtirganda, korxona bir qator savollarga javob topishi lozim
bo‘ladi. (7.3-rasm). Shundan so‘nggina, bozor segmentini tanlash
haqida qaror qabul qilish mumkin. Bozorni qismlarga ajratish jarayoni
(maqsadli bozorni tanlash), yaʼni, segmentlash ikkita yo‘nalishda
amalga oshi riladi: a) isteʼmolchi guruhlari bo‘yicha segmentlash; b)
mahsulot parametrlari bo‘yicha segmentlash.
264