Page 270 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 270

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
            Jeffri  Mur  bu  nazariyani  innovatsion  yuqori  texnologiyali
          mahsulotlar bozoriga moslashtirdi.
            U o‘zining “To‘siqni yengib o‘tish: marketing va yuqori texnolo-
          giyali  mahsulotlarni  ommaviy  isteʼmolchilarga  sotish”  kitobida
          u yangi innovatsion mahsulotlarga u yoki bu darajada yo‘nalgan

          isteʼ molchilarning  beshta  guruhini  (segmentlarini)  keltirib  o‘tadi.
          Ushbu model mahsulotning hayotiylik sikli davomida bir isteʼmolchi
          guruhidan ikkinchi bir isteʼmolchilar guruhiga o‘tishi sifatida yangi
          texnologiyalar va yangi mahsulotlarning bozorga kirib borishini
          tasvirlaydi.  J.  Mur  innovatsiyalar  bozorining  rivojlanishida  ikkita
          bosqichni ajratib ko‘rsatadi: ilk bozor va asosiy bozor. Ilk bozorlarda
          moliyalashtirish  yetarlicha  bo‘lmasa-da,  innovatsion  kompaniyalar
          mahsulotdan ko‘p narsa umid qiladilar, ushbu holatda ular: tovarni
          bozorga olib chiqish borasida yetarlicha tajribaning yo‘qligi, “fantom

          mahsulot”larni  sotish,  entuziastlar  va  oldindan  ko‘ra  oluvchilar
          o‘rtasidagi  “yoriq”ni  yengib  o‘tish  zaruriyati  kabi  muammolarga
          duch keladilar. Bozor rivojlanishining mazkur bosqichida mijozlar-
          ning ikki guruhi ajralib chiqadi: novatorlar (texnologik entuziastlar)
          va ilk davomchilar (oldindan ko‘ra biluvchilar). Bu guruhlarning har
          biri o‘ziga xos xususiyatlarga egaligi bilan ajralib turadi. Mahsulotni
          bozorda sotish iqtisodiy jihatdan maʼqul ko‘rilmasa ham, novatorlar

          mahsulot  ustida  soatlab  ishlaydilar.  Ular  ayni  chog‘da  har  qanday
          yangi  texnologiyalar  eshigida  o‘ziga  xos  “darvozabon”  vazifasini
          o‘taydilar. Novatorlarni odatda, istiqbolli texnologiyalar bo‘limlarida
          uchratishimiz mumkin. Ularning ijobiy tomoni shundaki, novatorlar
          yaxshi tanqidchi hisoblanadilar va innovatsion mahsulotni maromi ga
          yetkazishga ko‘maklashadilar. Novatorlar vakolat doirasining torligi
          va shu bilan birgalikda bozor ko‘lami bo‘yicha bozor segmenti ning
          kichikligi ularning o‘ziga xos kamchiligi sanaladi.
            Ilk  bozor  isteʼmolchilarining  ikkinchi  guruhi,  yaʼni  ilk  izdoshlar

          (oldindan  ko‘ra  oluvchilar)da  isteʼmolchilarning  birinchi  guruhi
          (novatorlar)dan  farqli  o‘laroq  yangi  texnologiyalarning  strategik
          imkoniyatlarini ko‘ra olish, texnologiyani tavakkalchilik darajasi yuqori
          bo‘lgan samarali loyihaga aylantirish borasida tizimli yondashuv, o‘z

                                               269
   265   266   267   268   269   270   271   272   273   274   275