Page 275 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 275

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
             Mahsulotlarga potensial talabni baholash potensial isteʼmolchilar ning
             muammolarini tahlil qilishni hisobga olgan holda amalga oshirilishi
             kerak.  Bu  bizga  mahsulot  va  mavjud  yechimlar  borasida  batafsil
             maʼ lumotga ega bo‘lish imkonini beradi. Bundan tashqari, raqobat-
             lashayotgan kompaniyalarning mavjudligi sharoitida ham, ishlab chi-

             qarish darajasi korxonalar imkoniyatlari bilan chegaralanganligi bois
             o‘xshash mahsulotlarni real ishlab chiqarishga nisbatan potensial is-
             teʼmolchilarni baholash sezilarli darajada katta ahamiyat kasb etadi.
                O‘z  analoglaridan  imkoniyatlari  va  qiymati  bo‘yicha  (ular
             analoglaridan bir necha o‘n barobar qimmat turadi) tubdan farq qiluvchi
             optik  tolali  o‘lchash  asboblari  bozorini  ko‘rib  chiqamiz.  Ushbu  bozor
             rivojlanish uchun katta salohiyatga ega, shunga o‘xshash qurilmalardan
             ko‘pgina  kompaniyalarda  qurilish  obyektlarini  monitoring  qilish,  neft
             quduqlari  termometriyasi,  quvurlarni  himoya  qilish  va  boshqalarda

             keng foydalaniladi. Biroq hozirgi vaqtda bunday qurilmalarning haqiqiy
             sotishi  yoki  ishlab  chiqarish  darajasi  ushbu  tarmoqlardagi  barcha
             kompaniyalarning potensial ehtiyojidan (agar biz ushbu qurilmalarga
             muhtoj  bo‘lgan  barcha  kompaniyalarni  hisoblasak)  juda  kichikdir.
             Bundan tashqari, ushbu sohalarning o‘ziga xos bo‘lgan yopiqligi va ayrim
             shaxslarning katta taʼsiri tufayli ular yangi mahsulotlarni joriy etishni
             ko‘p  ham  istashmaydi.  Bunday  holatda,  mazkur  uskunalarni  ishlab

             chiqaruvchilarning biz nes-rejasida mahsulotlarni ishlab chiqarishning
             real darajasini emas, balki talab tomonidan bozorning potensial hajmini
             baholash ko‘rsatkichlarini aks ettirish mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi.
                Ko‘pincha  bozor  hajmi  haqida  tayyor  maʼlumotlarni  topishimiz
             mumkin bo‘lsada, topilgan barcha maʼlumotlar ham tadqiqotchining
             ehtiyojlariga mos kelavermaydi. Bunday holatlarda biz axborotlarni
             korrektirovkalash bilan bog‘liq bozorni baholashning bilvosita
             usullaridan foydalanishimiz mumkin:
                1)  Ekstrapolyatsiya  usuli.  O‘tgan  davrlardagi  bozor  baholashlari

             to‘g‘risida maʼlumotlarga tayanib, bozorning o‘sish surʼatlari saqla-
             nib qolishini ko‘zda tutgan holda mazkur davrdagi bozor hajmini
             hisob-kitob qilishimiz mumkin.
                2) O‘xshashlik tamoyili bo‘yicha. Global bozor segmentlarining tu-

                                                  274
   270   271   272   273   274   275   276   277   278   279   280