Page 276 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 276
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
zilishi haqida maʼlumotga ega bo‘lgan holda mintaqaviy bozorlar ham
xuddi shunday tuzilishga ega bo‘ladi, deb tasavvur qilishimiz va shu
tariqa bozor segmentlarining zarur hajmlarini hisoblashimiz mumkin.
Raqobatchilar tahlili
Raqobatchilar tahlili ayni vaqtdagi mahalliy va xorijiy ishlab
raqobatchilar faoliyatini (kompaniyalar ro‘yxati, ular tomonidan
ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tavsifi, yetkazib berish shartlari,
kompaniyalarning katta-kichikligi, kompaniya mahsulotlarining
raqobat ustunliklari) o‘rganishni ko‘zda tutadi. Raqobatchilarni
o‘rganishda maqsadli isteʼmolchilar guruhi uchun siz ishlab
chiqarayotgan mahsulotlarning boshqa mahsulotlarga nisbatan
afzalliklariga alohida eʼtibor qaratish talab etiladi, bu narxlarni o‘zaro
taqqoslash qiyin bo‘l gan va yangi bozor tomonidan bildirilayotgan
talablarning hali mav hum ekanligi sharoitida yuqori texnologiyali
mahsulotlar uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Raqobatchilar
to‘g‘risida maʼlumotlar oli sh uchun birinchi navbatda, mazkur
bozorda faoliyat ko‘rsatayotgan kompaniyalar ro‘yxatini topish
mumkin bo‘lgan tarmoq hisobotlarini qarab chiqish talab etiladi.
Ko‘p hollarda bunday hisobotlar pullik hisoblanadi, biroq bunday
holatlarda hisobotlarning mundari jasi yoki odatda foydalanish tekin
bo‘lgan “Table of Contents”dan foydalanish ancha foydali sanaladi.
Ko‘pincha mundarija yoki “Tab le of Contents”dan tahlil qilingan
kompaniyalarning ro‘yxati kelti riladi, bu ro‘yxat bilan tanishgandan
so‘ng qidiruv tizimlari orqali qo‘shimcha maʼlumotlarni qo‘lga
kiritishimiz mumkin. Turli bozorlar to‘g‘risida ochiq maʼlumotlar
(bozordagi o‘yinchilar soni, bozor ning o‘sish surʼati, bozordagi
zamonaviy tendensiyalar va shu kabilar) taqdim etuvchi g‘arblik
mutaxassislar tomonidan amalga oshirilgan tahlillar natijasini aks
ettiruvchi htpp://www.bccresearch.com/ manbasidan foydalanish
ham maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Raqobatni tahlil qilar ekanmiz, nafaqat bozorda ayni paytda mavjud
raqobatchilarni hisobga olishimiz, balki kelgusida raqobatchiga
aylanishi mumkin bo‘lgan potensial raqobatchilarni (ularning bozorga
kirib kelishini oldini olish) va shuningdek, bilvosita raqobatchilarni
275