Page 278 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 278
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
stansiyalari”) yoki “uyingizda quyosh batareyalari asosida ishlovchi
samarali muqobil energiya manbai”)
3) Saytga jalb qilingan bitta tashrif buyuruvchining narxi qancha?
Bu ko‘pincha foydalanuvchilarning talablariga mos keladigan
tanlangan kalit so‘zlarga bog‘liq bo‘ladi.
So‘ngra kompaniya saytga tashrif buyuruvchilarning xulq-atvorini
tahlil qiladi, bu esa saytni tashrif buyuruvchilarni qiziqtirgan savollar
asosida qayta ko‘rib chiqish va boyitish imkonini beradi. Masalan,
saytning faol zonasida (tashrif buyuruvchilarga ko‘rinadigan tarzda)
foydalanuvchilar tomondan berilayotgan eng ommaviy savollarni
giper havola sifatida joylashtirish mumkin. Bu savollar sirasiga
mahsulotning narxi, undan foydalanish xususiyatlari, texnik tavsiflari
va shu kabi masalalarni kiritish mumkin. Saytlar bo‘yicha tahliliy
tizimlardan foydalangan holda (bunday bepul dasturlardan biri
“Google Analitics”) foydalanuvchilarning qancha qismi (foizlarda)
yuqoridagi savollarni ko‘rishga o‘tganligini bilishimiz mumkin. Shu
tarzda, foydalanuvchilar uchun mahsulotning eng muhim jihatlarini
aniqlash tiramiz. Ushbu mantiqqa tayangan holda, quyidagi savollarga
javob olishimiz mumkin:
• Saytning qaysi sahifasidan boshqa saytlarga o‘tuvchilar soni
ko‘proq (saytdan chiqish nuqtalari qaysilar)?
• “Xarid qilish shartlari” sahifasiga necha kishi tashrif buyurdi?
• “Buyurtma” yoki “Oldindan buyurtma” tugmachasini necha
kishi bosdi?
Yuqoridagi amallarni bajarish asnosida mahsulotlarning real sav-
dosi yo‘lga qo‘yilgunga qadar sotuvlar to‘g‘risida dastlabki tushuncha
va tasavvurlarga ega bo‘lamiz:
- reklama bilan qamrab olingan auditoriya;
- saytga tashrif buyuruvchilar;
- xaridlarni amalga oshirish shartlari bayon qilingan sahifaga o‘t-
gan tashrif buyuruvchilar;
- “Buyurtma qilish” tugmasiga bosgan tashrif buyuruvchilar.
Kompaniya olingan ko‘rsatkichlarni tahlil qila borib, ayni vaqtda
bozorda potensial mahsulotga qiziqish qay darajada ekanligi, xari-
277