Page 277 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 277

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
             (o‘rinbosar  mahsulot  ishlab  chiqaruvchilar)  ham  eʼtibordan  chetda
             qoldirmasligimiz lozim.
                Isteʼmolchilar tahlili
                Innovatsion mahsulotning bozorga dastlab olib kirilishi

             chog‘ida  tadbirkor  ko‘pincha  bozorda  mavhum  vaziyatga  duch
             keladi.  Bunday  holat  ilgari  xarid  jarayonlarini  tashkil  etish
             borasida  amaliyotning  yo‘qligi,  isteʼmolchilarning  segmentlari
             va  isteʼmolchilar  nimani  afzal  ko‘rishlari  haqida  yetarlicha
             maʼlumotlarning  mavjud  emasligi  bilan  izohlanadi.  Bunday
             holatda,  tadbirkor  faqatgina  mahsulot  bozorga  kirganda  vaziyat

             qanday o‘zgarishi mumkinligini taxmin qilishi mumkin. Bizning
             mahsulotimizga talab bo‘ladimi va u bo‘lsa qay darajada bo‘ladi?
             Aynan mana shu savolga yangi bozorga kirib borayotgan har
             qanday innovatsion kompaniya javob topa bilishi lozim. Bugungi
             kunda bunday savollarga internet texnologiyalaridan foydalangan

             holda qisman javob topish mumkin.
                Misol  uchun,  kompaniya  shishiriladigan  quyosh  elektr  stansiya-
             larini  sotmoqchi.  Mahsulotni  sanoatda  foydalanishga  qo‘shimcha
             ravishda, kompaniya xususiy uylar egalari va sayyohlar uchun (o‘z
             yonlarida  doimiy  avtonom  energiya  manbai  bo‘lishi  uchun)  bu
             mahsulot katta qiziqish uyg‘otishini taxmin qilmoqda. Biroq har

             ikkala yo‘nalish ham mahsulotni qo‘shimcha ravishda qayta ishlash
             va takomiliga yetkazishni talab qiladi. Ushbu holatda qaror qabul
             qilish  uchun  kompaniya  ushbu  mahsulotlar  haqidagi  maʼlumotni
             (turli sahifalarda) Internet-saytlarga joylashtirishi mumkin. Bundan

             tashqari,  kompaniya  kontekstli  reklama  eʼlonlaridan  foydalangan
             holda kichik reklama kompaniyasini ishga tushiradi va yuzaga kelgan
             va ziyatni raqamlar asosida tahlil qiladi:
                1) Mahsulotni ko‘rgandan so‘ng, eʼlon bo‘yicha necha kishi kirib
             ko‘rdi? (O‘tishning qancha foizi)
                2) Eʼlonning aynan qaysi matni eng ko‘p qiziqish uyg‘otdi? Unda

             mahsulotning qanday xususiyatlari aks ettirilgan? (masalan, “sizning
             uyingiz  uchun  ixcham  va  tejamkor  shishiriladigan  quyosh  elektr

                                                  276
   272   273   274   275   276   277   278   279   280   281   282