Page 279 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 279

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
             dorni  jalb  qilish  qiymati  qanchani  tashkil  etishi  va  shu  kabilar
             to‘g‘risida xulosa yasashi mumkin. Xuddi shunday tarzda mahsulot
             narxini  ham  test  jarayonidan  o‘tkazishimiz  mumkin.  Taʼkidlash
             lozimki, bunday tahliliy ishlarning natijasiga saytlarga joylashtirilgan

             materiallarning sifati jiddiy taʼsir ko‘rsatadi.


                      7.4. Innovatsion mahsulotlar/xizmatlar bozorida
                                muvaffaqiyatga erishish omillari
                Yuqorida biz o‘zimizning to‘g‘ri isteʼmolchimizni qanday topi shi-
             miz mumkinligi haqida so‘z yuritdik. Bizning galdagi vazifamiz qolgan

             yana 5 ta “to‘g‘ri”: to‘g‘ri mahsulot, to‘g‘ri narx, to‘g‘ri joy, to‘g‘ri vaqt
             va isteʼmolchi bilan to‘g‘ri aloqani aniqlashtirishdan iborat.
                Xaridor mahsulotga shunchaki emas, balki unga o‘z muammosini
             hal  qilish  imkoniyati  sifatida  qiziqadi.  Biz  yuqorida  innovatsion
             mahsulotga bo‘lgan munosabat: xaridlarni rag‘batlantirish va

             yangi  mahsulotdan  kutilmalar  borasida  bir-biridan  farqlanuvchi
             isteʼmolchilarning besh guruhini ko‘rib chiqdik. Agar dastlabki ikki
             guruh (ilk bozor)ni texnologiyalar ko‘proq darajada qiziqtirsa, keyingi
             guruhlarni  masalaning  tijoriy  jihatlari,  iqtisodiy  nafi  qiziqtiradi.
             Aynan  asosiy  bozor  bosqichida  kompaniya  o‘zining  ijobiy  xulq-
             atvorini va mijozlarning ehtiyojlarini to‘laqonli qondirish borasida

             o‘zining g‘amxo‘rligini namoyon etishi lozim. Shu sababli ham, ayni
             shu davr oralig‘ida yaxlit mahsulotni shakllantirish zarurati paydo
             bo‘ladi.      F. Kot lerning “mahsulotning uch darajasi” modeli ancha
             vaqtdan  beri  maʼlum.  So‘nggi  yillarda  yangi  konsepsiya  –  yaxlit
             mahsulot konsepsiyasi vujudga keldi. Shunday qilib, xaridorga

             vaʼda  qilingan  narsa  (xaridor  uchun  mahsulotning  qimmati)  bilan
             ushbu  mahsulotning  berilgan  vaʼdaga  mosligi  borasida  juda  katta
             farq  mavjudligi  bois,  mahsulot  yaxlit  mahsulotga  aylanishi  uchun
             rang-barang xizmatlar va yo‘ldosh mahsulotlar evaziga mahsulotni
             “kengaytirish” talab etiladi. Yaxlit mahsulot o‘zining to‘rt bosqichiga
             ega (7.7-rasm).

                “O‘zak mahsulot” – xaridorning shartnoma bo‘yicha olishi ko‘zda

                                                  278
   274   275   276   277   278   279   280   281   282   283   284