Page 284 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 284

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
          atvorini tahlil qilish mumkin. Yuqorida muhokama qilingan narxlarni
          aniqlash usullarining asosiy maqsadi – uning doirasida yakuniy narx
          borasida bir to‘xtamga kelinuvchi narxlar diapazonini qisqartirishdan
          iboratdir.
            Innovatsion mahsulotlar/xizmatlar bozorida muvaffaqiyatga eri-

          shishning  navbatdagi  omili  –  to‘g‘ri  joy,  yoki  sotuvchining  tilida
          samarali savdo kanallarini tanlashdan iboratdir. Hozirgi kunda
          internet  anʼanaviy  tarqatish  kanallariga  tahdid  solmoqda.  Bu
          uning mahsulot sotish borasida mutlaqo yangi muqobil kanallar
          yaratishi  bilan  bog‘liqdir. O‘zbekiston  Respublikasi  Axborot  va
          kommunikatsion         texnologiyalarni      rivojlantirish     vazirligining

          maʼlumotlariga  ko‘ra,  bugungi  kunda  mamlakatimizda  internetdan
          foydalanuvchilar  soni  31  million  kishidan  ortiqni  tashkil  etadi.
          “O‘zbekiston-2030”  strategiyasida  Yoshlar  o‘rtasida  IT  sohasini
          yanada ommalashtirish hamda sohada xizmatlar eksportini oshirish,

          barcha aholi punktlarini internet bilan to‘liq qamrab olish va uning
          tezligini 10 barobar oshirish, xalqaro internetga ulanish tezligini
          5000 Gbit/s.ga yetkazish, optik tolali aloqa liniyalari va keng polosali
          maʼlumot  uzatish  tarmoqlari ning  qamrovini  100  foizga  yetkazish
          kabi ustuvor maqsad va vazifalar belgilab berilgan.
            Taʼkidlash lozimki, bugungi kunda MDH mamlakatlarida internetga

          ulanish tezligi mamlakatimizda internetga ulanish tezligiga nisbatan
          10  barobar  yuqori.  To‘g‘ri  joy  isteʼmolchi  mahsulotni  be vosita
          qo‘lga kiritish imkoniyati mavjud bo‘lgan joydir. Samarali savdo
          kanallarini  tanlash  mezonlari  quyidagilarni  kiritishimiz  mumkin:
          maqsadli  mijozga  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  chiqish;  talabni  yaratish  va

          talabni maksimal darajada qondirish; yaxlit mahsulotni taqdim etish
          imkoniyati; ommaviy yetkazib berish salohiyati.
            To‘g‘ri  vaqtni  isteʼmolchi  mahsulotni  sotib  olish  yoki  undan
          foydalanish uchun sarflaydigan vaqt sifatida qabul qilishimiz mumkin.
          To‘g‘ri  vaqt  –  bu  mahsulotni  bozorga  chiqarishning  bir  qismidir.
          Noto‘g‘ri joyda va noto‘g‘ri vaqtda taqdim etilgan taqdirda eng

          yaxshi mahsulot ham muvaffaqiyatsizlikka uchrashi mumkin. To‘g‘ri

                                               283
   279   280   281   282   283   284   285   286   287   288   289