Page 283 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 283
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
talabining darajasi, o‘z xarajatlarining hajmi va raqobatchilar narxi)
maʼlum bo‘lsa, kompaniya mahsulot narxini tanlashi mumkin.
Uning narxi foyda olish imkonini bermaydigan o‘ta past darajadagi
narx bi lan talabni cheklovchi eng yuqori narx o‘rtasida bo‘ladi.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, eng past narx darajasi ishlab chiqarish
xarajatlari bilan belgilanadi. Raqobatchilar narxi va o‘rinbosar
mahsulotlarning narxi innovatsion mahsulotga narx belgilashda
mo‘ljal olish mumkin bo‘lgan taxminiy narxlar darajasini ko‘rsatib
beradi. Ko‘rib chiqilayotgan mahsulotning noyob xususiyatlari
borasidagi isteʼmolchilarning fikrlari narx belgilashning eng yuqori
darajasini belgilab beradi. Agar yuqorida ko‘rib chiqilgan innovatsion
mahsulotlarning isteʼmolchilar guruhlariga eʼtibor qaratadigan
bo‘lsak, u holda, oldindan ko‘ra biluvchilar uchun u his qilinuvchi
qimmatlilik asosida narxni shakl lantirish hisoblanadi, pragmatiklar
uchun raqobat asosida narxni shakllantirish konservatorlar uchun
esa tannarx asosida narxni shakllantirish hisoblanadi.
To‘g‘ri narx belgilashni oldindan aytib berish borasida hech qanday
ishonchli vositalar yo‘qligini biz oldinroq esga olib o‘tgan edik.
Narxlarni testdan o‘tkazish borasidagi yondashuvlardan biri, mah-
sulotni sinab ko‘rgan isteʼmolchilar bilan guruh muhokamalarini
tashkil qilishdan iboratdir. Bunday muhokamalar natijasida
isteʼmolchilar innovatsion mahsulot uchun to‘lashga tayyor bo‘lgan
eng yuqori va eng past narxlar to‘g‘risida maʼlum bir tushunchalarga
ega bo‘la miz. Biroq isteʼmolchilar ko‘pincha o‘zlarining eng yaxshi
niyatlarini ifodalashga moyil bo‘lsalar-da, ular aslida bunday narxni
to‘lashga tayyor emasliklarini yoddan chiqarmaslik lozim. Turli narx
darajasini sinab ko‘rishning eng samarali usuli, mahsulotni “sinov
bozorida” turli narxlarda sotishdan iboratdir. Bozorning barcha
boshqa omillari bir xil bo‘lishi va faqat narxning o‘zgaruvchan omil
ekanligiga ishonch hosil qilish muhimdir. Bundan tashqari, internet
yordamida mahsulotni ishlab chiqish bosqichidayoq turli narxlar
darajasini sinovdan o‘tkazish orqali talab egiluvchanligi borasida
qimmatli maʼlumotlar olishimiz mumkin. Buning uchun kompaniya
o‘z internet saytini ishga tushirishi va foydalanuvchilarning xulq-
282