Page 286 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 286

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
          mohiyatan mazkur bozorni yaratadigan bo‘lsa, u bozorda “ tarmoq
          yetakchisi”  yoki “birinchi  raqamli  korxona”  sifatida  o‘rin  egallashi
          mumkin. O‘tgan asrning 70-yillaridayoq, El Rays va Jek Trautlar agar
          bozorda yaqqol ko‘zga tashlanuvchi yetakchi bo‘lmasa va shu bilan
          birga korxona rasman bozorda yetakchilik qilmasa ham, u o‘zini shu

          sohaning  yetakchisi  sifatida  eʼlon  qilishi  bozorda  korxona  uchun
          eng  yaxshi  pozitsiya  egallash  hisoblanadi,  deb  taʼkidlagandi.  Agar
          korxona hozircha ushbu bozorda yagona bo‘lgan endi rivojlanayotgan
          bozor haqida gapiradigan bo‘lsak, butun bir mahsulotlar nomini
          o‘zida  mujassam  etgan  korxona  nomi  (savdo  belgisi,  mahsulot)ni
          isteʼmolchilar  ongida  shakllantirish  eng  foydali  strategiya  bo‘lishi
          mumkin.  AQShning  “3M”  kompaniyasi  ham  xuddi  shunday  yo‘l
          tutgan.  Kompaniya  yopishqoq  lentani  yaratib,  uni  “Skotch”  deb
          nomlashadi. Bugungi kunda barcha ofis yopishqoq lentalari ayni shu

          nom bilan ataladi.
            Ikkinchidan, innovatsiyalar mohiyatining o‘zi ham mahsulot yoki
          xizmatda mahsulot yoki xizmatni boshqa mahsulot yoki xizmatlardan
          farqlab  turuvchi  maʼlum  bir  xususiyatlar  bo‘lishini  ko‘zda  tutadi.
          Aynan mana shu xususiyat kompaniyaning bozorda joy egallashi
          borasida muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday qilib, hozircha mavjud
          bo‘lmagan yoki ilk bozor haqida so‘z borsa, innovatsiyalarning

          bozorda joy egallashi tovarning ayni xususiyatlari bilan asoslanishi
          lozim, deb aytishimiz mumkin bo‘ladi. Agar innovatsion mahsulot
          avvaldan  mavjud  bo‘lgan  raqobatli  bozorga  olib  chiqilsa  va
          innovatsiyalarning o‘zi yaxshilovchi yoki psevdoinnovatsiya bo‘lsa,u
          holda innovatsiyalarning bozorda joy egallashi oddiy tovar va
          xizmatlar ning bozorda joy egallashidan sira ham farq qilmaydi.
            Umuman olganda, bozorning hayotiylik sikliga bog‘liq holda
          innovatsiyalarning  bozorda joy egallashi borasida quyidagi
          tavsiyalarni ajratib ko‘rsatishimiz mumkin:

            Ilk bozor – mahsulotga mo‘ljal olish (“moviy okean strategiyasi”,
          yangi bozorni yaratish, lateral marketing, diversifikatsiya);
            Yakuniy (shakllangan) bozor – bozorga mo‘ljal olish (“alvon rang
          okean strategiyasi”, bozorni segmentlash, tabaqalashtirish).

                                               285
   281   282   283   284   285   286   287   288   289   290   291