Page 291 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 291

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
             innovatsiyalarni  ilgari  surishning  modellarini  o‘zaro  taqqoslagan
             holda,  tovar  xizmatlarni  bozorga  ilgari  surish  kanallarini  tanlash
             jarayoniga  taʼsir  ko‘rsatuvchi  bir  qator  xususiyatlar  mavjudligini
             taʼkidlab  o‘tish  lozim  (7.2-jadvalga  qarang).  Misol  uchun,  B2B
             bozorida faoliyat ko‘rsatuvchi farmatsevtika kompaniyalari bitimlar

             tuzish maqsadida har bir distribyutor bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot
             qiluvchi  sotish  bo‘yicha  menejerlar  xizmatidan  foydalanishlari  bir
             muncha  samarali  natija  beradi.  Chunki  mazkur  holatda  potensial
             mijozlar  (vositachi  firmalar)  soni  kam  bo‘ladi  va  xaridlar  bo‘yicha
             qarorlar qabul qilish ham o‘ziga xos jihatlari bilan ajralib turadi.
             B2C bozorlarida faoliyat ko‘rsatayotgan kompaniyalar uchun sotish
             bo‘yicha menejerlar xizmatidan foydalanish reklama, PR va sotishni
             rag‘batlantirishga  nisbatan  bir  muncha  qimmatga  tushadi,  chunki
             mazkur bozorda mijozlar soni ko‘p bo‘lishi bilan bir qatorda, xaridlar

             bo‘yicha qarorlar qabul qilish ham oson va tez kechadi.
                                                                                 7.2-jadval
                     B2B va B2C bozorlarida innovatsion tovar va xizmatlarni
                          bozor tomon ilgari surishning o‘ziga xos jihatlari



                          B2B                                     B2C

              Mijozlar soni kam              Mijozlar soni ko‘p

              Tanlaydigan isteʼmolchilar     Tanlaydigan isteʼmolchilar kam
              ko‘p
              Xaridlar to‘g‘risida bir       Xaridlar to‘g‘risida bir to‘xtamga kelish oson
              qarorga kelishning qiyinligi   kechadi
              Xarid jarayoni uzoq davom      Xarid jarayoni qisqa muddat ichida amalga
              etadi                          oshadi

              Hosilaviy talab                To‘g‘ridan-to‘g‘ri talab
              Xulosa: to‘g‘ridan-to‘g‘ri     Xulosa: reklama, jamoatchilik bilan aloqa va
              sotishga urg‘u berilishi kerak  sotishni rag‘batlantirishga urg‘u berilishi kerak

                Manba:  A.A.  Mamatov,  T.T.  Jo‘rayev,  A.N.  Erkayev  Innovatsion
             iqtisodiyot. –T.: 2019, 456 bet.

                Bundan tashqari, innovatsion mahsulotlar va xizmatlarni bozorga

                                                  290
   286   287   288   289   290   291   292   293   294   295   296