Page 293 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 293

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
                Masalan, bugungi kunda mamlakatimizda internet-do‘konlar bilan bir
             qatorda, o‘zining call-center (chaqiriq markazi) va mahsulot omborlariga
             ega  bo‘lgan  kuryerlik  xizmatlari  ham  rivojlanib  bormoqda.  Internet-
             do‘konlar mazkur kuryerlik xizmatlaridan foydalanishlari asnosida kuryer
             yollash, mahsulotlar uchun omborlar ijaraga olish, mijozlar bilan yetkazib

             berish shartlarini muhokama qilishdek vazifalardan xalos bo‘ladilar.


                                Mavzu bo‘yicha qisqacha xulosalar
                Innovatsion mahsulotlar bozori anʼanaviy tovarlar bozoriga nisbatan
             o‘ziga xos xususiyatlarga egaligi bilan ajralib turadi, bu o‘z navbatida,
             kompaniyaning marketing siyosatini ishlab chiqishda hisobga olinishi
             lozim. Odatda innovatsion mahsulotlarni bozorga olib kirishdagi
             muvaffaqiyatsizliklarni quyidagilar bilan bog‘lash mumkin:
                •  innovator marketing tadqiqotlari natijalarini hisobga olmagan

             holda “o‘z” mahsulotini bozorga olib chiqadi yoki umuman marke-
             ting tadqiqotlari o‘tkazmaydi;
                •  mahsulot yaxshi tanlangan bo‘lsada, lekin bozorga ortiqcha baho
             beriladi;
                •  mahsulotni bozorda noto‘g‘ri joylashtirish;
                •  mahsulot qiymati rejalashtirilgan qiymatdan oshib ketsa;
                •  raqobatchilarning  reaksiyasi  kutilganidan  boshqacha  bo‘lib

             chiqqan hollarda.
                Shu bilan bir qatorda, quyidagi holatlarda innovatsion
             mahsulotlarni bozorga olib chiqish orqali biznesda muvaffaqiyatga
             erishish ehtimoli sezilarli darajada oshadi:
                •    innovatsion  mahsulot  yaratuvchilar  potensial  isteʼmolchilar-
             ning ehtiyojlarini to‘liq anglab yetishsa;
                •  mahsulotning o‘zi natijalar/xarajatlarning yuqori nisbati bilan
             tavsiflansa;
                •  kompaniya innovatsiyalarni joriy qilish borasida raqobatchilardan

             oldinda yursa;
                •  kompaniya o‘z mahsulot va xizmatlarini targ‘ib qilish borasida
             yetarlicha mablag‘ ajratish imkoniyatiga ega bo‘lsa.
                Bozorga notanish innovatsion mahsulotlarni bozorga olib chiqish

                                                  292
   288   289   290   291   292   293   294   295   296   297   298