Page 297 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 297

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
                                     AMALIY TOPSHIRIQLAR


                       Nazorat va o‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar
                1. Innovatsion mahsulotlar va xizmatlar bozorining asosiy jihatlarini
             sanab bering.

                2. Innovatsion marketingning o‘ziga xosligi nimalarda namoyon bo‘ladi?
                3. J. Mur innovatsion mahsulotlar/xizmatlar bozorida isteʼmolchilar-
             ning qaysi asosiy guruhlarini ajratib ko‘rsatadi.
                4.  Innovatsion  mahsulot  bozorini  baholashda  qanday  qiyinchiliklar
             paydo bo‘lishi mumkin? Ularni qanday qilib bartaraf etish mumkin?
                5.  Innovatsion  mahsulotlarni  ilk  bozorlarga  chiqarish  uchun  qaysi
             strategiyalar mos keladi?
                6. Innovatsion mahsulotlar va xizmatlar bozori uchun yaxlit mahsulot
             modelini tavsiflang.

                7. Innovatsiyalar marketingiga qaysi narx strategiyalari mos keladi?
                8. Innovatsion mahsulotlar xizmatlar bozorida joylashishning o‘ziga
             xosligi nimadan iborat?
                9.  Innovatsion  mahsulotlarni  bozorga  olib  chiqishning  qanday
             strategiyalarini bilasiz?


                 1-topshiriq.

                1. Muayyan innovatsion mahsulot misolida bozorning innovatsion
             mahsulot, xizmat yoki texnologiyaga bo‘lgan ehtiyojini o‘rganish
             uchun so‘rovnoma ishlab chiqing. So‘rovnomada kamida 10 ta savol
             bo‘lishi kerak.
                2. Ushbu so‘rovnoma bo‘yicha so‘rov o‘tkazing, respondentlar soni
             kamida 5-7 kishini tashkil qilishi kerak.
                3. Muayyan misol yordamida innovatsion mahsulotni reklama qilish
             rejasini ishlab chiqing. Buning uchun quyidagi savollarga javob bering:
                -  siz  ko‘rib  chiqayotgan  innovatsion  mahsulot  uchun  oldindan

             reklama kompaniyasiga qanday reklama tadbirlarini kiritasiz?
                – ularni qanday chastotada bajarishni rejalashtiryapsiz?
                4. Reklama tadbirlarining taxminiy narxini ko‘rsatib, loyiha
             budjetini hisoblang.

                                                  296
   292   293   294   295   296   297   298   299   300   301   302