Page 302 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 302
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
8-MAVZU INNOVATSION BIZNESDA INSON OMILI
8.1. Innovatsion biznesda inson resurslarining samaradorli-
gini belgilovchi omillar
8.2. Tashkilotda innovatsion jarayonning asosiy ishtirokchilari
8.3. Inson salohiyatini ro‘yobga chiqarishning asoslari va
shart-sharoitlari
Mavzuning qisqacha sharhi. Bugungi kunda innovatsion biz-
nesni shakllantirish va rivojlantirishda inson omilining hal qiluvchi
ahamiyatga ega ekanligi borasida hech kim shubha qilmaydi.
Investor daromad va xarajatlarning eng maqbul nisbatlariga ega
bo‘lgan biznes-rejaga ega bo‘lsa-da, loyihaning muvaffaqiyatini
shunchaki raqamlar emas, balki inson omili belgilab beradi. Shu
sababli u yoki bu tavsifga ega bo‘lgan loyihani amalga oshirishda
muvaffaqiyatli investorlar eng avvalo inson resurslari sifatiga
eʼtibor qaratishadi. Inson omili – bu insonning asbob-uskunalar,
tizimlar, jarayonlar, boshqa insonlar va mehnat jamoalari bilan
o‘zaro munosabatlariga taʼsir qiluvchi jismoniy, psixologik va
ijtimoiy xususiyatlaridir. Innovatsiyalarning sifati, innovatsion
iqtisodiyotni qaror toptirish, milliy innovatsion tizimning
samaradorligi ko‘p jihatdan inson omi liga bog‘liq sanaladi. Shundan
kelib chiqqan holda mavzu doirasida innovatsion faoliyatning
faolligini oshirishga xizmat qiluvchi inson omili masalasiga
to‘xtab o‘tiladi, mavzuni yoritishda tadbirkor, innovatsion biznes,
inson kapitali, tashkiliy madaniyat, inson resurslar salohiyati,
mehnat unumdorligi, tashkiliy muhit, mehnatni rag‘batlantirish
kabi tushunchalarga tayanib ish ko‘riladi.
“DOMiNO Ventures” venchur fondi IT Park bilan
hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda
Bu yil fond jamoasi O‘zbekistondan 5 ta start-upga sarmoya kiritishni
rejalashtirmoqda.
301