Page 305 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 305
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
Omillarning birinchi guruhi (birinchi darajasi)ga innovatsion biz-
nes sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi insonning tavsiflarini kiritamiz.
Innovatsion biznes sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi insonlar, birinchi
navbatda innovatsion tadbirkorlar va yollanma xodimlardir. Ikkinchi
guruh (ikkinchi darajali) omillar sirasiga innovatsion biznes-
tuzil mada insonning “yashash muhiti”ni tavsiflovchi va shuningdek,
personal va ularni boshqarishga taʼsir ko‘rsatuvchi omillar kiradi. Bu
omillarga quyidagilar kiradi:
– tashkiliy madaniyat;
– personalga qiymat taklifi;
– HR-boshqaruv texnologiyasi.
Uchinchi guruh (uchinchi darajali) omillar tashqi muhit deb
ataluvchi omillarni o‘z ichiga oladi. Mazkur omillar innovatsion
biznesni yuritishning infratuzilmaviy tashkil etuvchilari hisoblanadi
va quyidagilarni taʼmin etadi:
• inson kapitalini oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni
amalga oshirish;
• iqtisodiy munosabatlarning turli subyektlari o‘rtasidagi o‘zaro
munosabatlarning huquqiy institutlarini yaratish;
• innovatsion biznesni yaratish, yangi mahsulot va texnologiyalarni
ishlab chiqish va tijoratlashtirish sohasida aholi faolligining o‘sishiga
imkon beruvchi innovatsion muhitni yaratish.
Inson biznesda o‘z faoliyatini boshlashidan ancha avvalroq ishlab
chiqaruvchi resurs sifatida shakllana boshlaydi. Ish kuchining sifat
ko‘rsatkichlari sog‘liqni saqlash va taʼlim tizimi belgilanadi. Turmush
tarzi, axloqiy va maʼnaviy meʼyorlar, oilaning madaniy va diniy qad-
riyatlari va atrof muhitning boshqa ijtimoiy guruhlarini o‘z ichiga
olgan inson hayot kechirishining ijtimoiy-madaniy muhiti i inson
resurslarining sifatiga katta taʼsir ko‘rsatadi.
Atrof-muhit omillarining faol taʼsiri insonning butun mehnat
faoliyati davomida o‘z qadriyatlarini, ijtimoiy, kasbiy va iqtisodiy
ehtiyojlarini va ustuvorliklarini shakllantiradi. Insonga taʼsir qiluvchi
atrof-muhit omillarining xilma-xilligi juda ham katta. Shu bois,
insonning innovatsion salohiyatini shakllantirish va amalga oshirish
304