Page 309 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 309

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
             innovatsionligidan qatʼiy nazar, tadbirkorlar uchun umumiy holatda
             qaysi jihatlar xos ekanligini aniqlashtirib olamiz.
                “Bolton Thomson Entreprenuer Indicator” (BTEI) uslubiyoti asosida
             tadbirkorlar o‘rtasida so‘rov o‘tkazib, ularning shaxsiyatiga xos bo‘lgan
             shaxsiy fazilatlarning oltita guruhini ajratib ko‘rsatadi (FACETS tizimi):

                F (focus-fokus) – maqsad, vaqt va harakatga yo‘naltirilganlik;
                A (advantage-ustunlik) – strategiklik va istiqbolli imkoniyatlarni
             tanlash qobiliyati;
                C  (creativity-kreativlik)  –  yangi  g‘oyalar  yaratish,  aniq  yo‘l  va
             imkoniyatlarni ko‘ra olish qobiliyati;
                E (Ego-men) – muvaffaqiyatga intilish, o‘zgalardan farq qilib tu-
             rish va o‘zidan iz qoldirish istagi, o‘ziga ishonch va ishga masʼuliyat
             bilan yondashish hissining ustunligi, javobgarlik va muvaffaqiyatsiz-
             liklarga qarshi tura olishda ifodalanuvchi o‘z kelajagini va taqdirini

             belgilab olish istagi;
                T  (Team-jamoa)  –  o‘zaro  muloqotga  kirishish  borasida
             ko‘nikmalarning yuqori darajasi, samarali jamoani shakllantirish,
             eng yaxshi xodimlarni izlab topish va ularni saralay oliy qobiliyati;
                S  (Social-ijtimoiy  taʼsir  ko‘rsatish) –  tadbirkor  va  uning  biznesi
             uchun  qadrli  bo‘lgan  insonlar  bilan  ijtimoiy  aloqalar  tarmog‘ini
             yarata olish qobiliyati.

                FACETS  tizimi  umumiy  holatda,  muvaffaqiyatli  tadbirkorning
             “portretini” tasavvur qilish imkonini beradi.
                Keyingi bosqich, innovatsion sohada biznes yurituvchi tadbirkorni
             boshqalardan ajratib turadigan o‘ziga xos xususiyatlarni aniqlash-
             tirishni o‘z ichiga oladi. Bu borada bir qator tadqiqotlar o‘tkazilgan bo‘lib,
             bu tadqiqotlar doirasida tadqiqotchilar innovatsion tadbirkorlikning
             kompetentligi  (vakolatlilik)  va  asosiy  kompetensiyalar  (vakolatlar)
             modelini  ishlab  chiqqanlar.  Kompetensiya  (vakolat)  tadbirkor  o‘z
             malakasi va shaxsiy fazilatlariga tayanib hal qilishi kerak bo‘lgan kasbiy

             vazifalar qatoriga kiradi. Vakolatlilik – tadbirkorning muvaffaqiyatga
             erishishiga  va  tadbirkorlik  faoliyatini  amalga  oshirishdan  ko‘zda
             tutilgan asosiy vazifalarni amalga oshirishiga imkon beruvchi shaxsiy
             fazilatlar, layoqat va ko‘nikmalardir.

                                                  308
   304   305   306   307   308   309   310   311   312   313   314