Page 311 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 311
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
Yuqori ahamiyatga ega bo‘lgan (6 ball) vakolatlarga quyidagilar kiradi:
loyiha haqida boy tasavvurga ega bo‘lish (++),
kirishimlilik(!),
vaziyatni rejalashtirish (+),
avtonomlik (++),
o‘zgarishi va taraqqiyotga mo‘ljal olish (!).
Ajratib olingan vakolatlar ularni innovatsion tadbirkorda
rivojlantirish imkoniyatlari mezoni bo‘yicha ham tasniflanadi. (!!)
belgisi bilan amalda rivojlantirish deyarli mumkin bo‘lmagan (yaʼni
avval boshidanoq yuqori darajada rivojlangan) kritik qiymatga ega
bo‘lgan vakolatlar belgilangan, (++) belgisi bilan esa u yoki bu darajada
rivoj lantirish mumkin bo‘lgan vakolatlar belgilangan. (+) belgisiga
ega bo‘lgan vakolatlar yaxshigina rivojlantirish mumkin bo‘lgan
vakolatlarni aks ettiradi, bunday vakolatlarni maxsus dasturlardan
foydalangan holda takomiliga yetkazishimiz mumkin.
Innovatsion tadbirkorning kasbiy vazifalari (vakolatlari) biz nes-
ning rivojlanishi va tashqi taʼsirlar ostida o‘zgarishi mumkin. Ularni
hal qilish uchun boshqa vakolatlar talab qilinishi ham mumkin.
Masalan, biznes ko‘lamlarining kengayishi bilan yetakchilik
xislatlari, hissiy intellektning roli va ahamiyati ortib boradi strategik
fikrlash ustunlik kasb etgani holda qaror va yechimlar qabul qilishda
javobgarlik darajasi ham kuchayib boradi.
Personal. Tadbirkorning eng muhim vazifalaridan biri, ayniqsa,
kompaniya hayotiylik siklining boshlang‘ich bosqichida xodimlarni
yollash va jamoani yaratishdan iborat bo‘ladi. Jamoani shakllanti-
rish va rivojlantirish muammolarini keyinroq, alohida mavzu sifatida
ko‘rib chiqamiz. Ushbu bosqichda xodimlar siyosati va uni amalga
oshirish borasida maqbul bo‘lgan texnologiyalarni ishlab chiqishda
innovatsion biznesda xodimlarning turli toifalarini (guruhlarini)
ajratish muhim ahamiyat kasb etishiga asosiy eʼtiborni qaratishni
lozim, deb topdik.
Bu mavzuda ko‘tariluvchi asosiy jihatlarni hisobga olib, biz odatda
statistikada personalni tasniflash borasida umum qabul qilingan
tasniflash, yaʼni personallarni ishchi, xizmatchi, muhandis-texniklar,
310