Page 310 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 310

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
            Avvalo, noaniqlik va xavf-xatarning yuqori darajasi mavjudligi bilan
          innovatsion biznes anʼanaviy tadbirkorlikdan farq qiladi. Innovatsion
          tadbirkorning asosiy vakolatlari doirasiga quyidagi asosiy vazifalarni
          hal etish kiradi:
            – noaniqlik va yuqori xavf-xatar darajasining mavjudligi sharoitida

          qaror qabul qilish;
            – kuchli tashqi bosim, muvaffaqiyatsizlik va murakkab vaziyatlarda
          faoliyatni amalga oshirish;
            –  g‘ayrioddiy  va  isteʼdodli  odamlardan  tashkil  topgan
          krossfunksional jamoalarni boshqarish;
            – ichki va tashqi biznes muhitining noaniq va oldindan bashoratlash
          qiyin bo‘lgan ko‘rsatkichlari sharoitida resurslarni safarbar qi lish va
          rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish.
            Ushbu darajadagi vazifalarni hal etish innovatsion biznesni yara-

          tuv chi va rivojlantiruvchi shaxsda ayrim tug‘ma va orttirilgan shaxsiy
          qobiliyatlar  (vakolatlar)  mavjud  bo‘lishini  nazarda  tutadi.  Quyida
          innovatsion tadbirkor uchun eng yuqori darajaga (kritik ahamiyatga
          ega) bo‘lgan vakolatlar keltirilgan. Ular tadqiqot jarayonida tahlil
          uchun  ajratilgan  50  ta  vakolatdan  baholashning  7  ballik  shkalasi
          bo‘yicha eng yuqori, yaʼni 7 ballga ega bo‘lgan vakolatlar hisoblanadi.
            Innovativlik (!!) – ijodkorlik (kreativlik), intuitsiya, tahlilga mo-

          yillik, fikrlash doirasining kengligi bois muammolarni hal etishning
          yangi, noanʼanaviy usullarini topa olish qobiliyatini tavsiflaydi.
            Noaniqlik  sharoitida  qatʼiyatlilik(!!)  – noaniqlik sharoitida
          harakat qilish va qaror qabul qilishga tayyorlik, har qanday noaniqlik,
          xavf-xatar darajasida ham qo‘rqmasdan yakuniy qarorga kela olishda
          o‘z ifodasini topadi.
            Yetakchilik  (+) – masalani qo‘ya olish va insonlarni ularni hal
          etishga safarbar qila olish qobiliyati, xarizmatiklik, yuqori darajadagi
          hissiy intellektning mavjudligi bilan tavsiflanadi.

            Maqsadga  intiluvchanlik  (!!) – sabrlilik, o‘ziga ishonch, asosiy
          eʼtiborni  natijaga  qaratish,  nekbinlik,  mukammallikni  ifoda  etadi;
          Tashabbuskorlik (!!) – proaktivlik, g‘ayrat-shijoat, raqobatdoshlikda
          namoyon bo‘ladi.

                                               309
   305   306   307   308   309   310   311   312   313   314   315