Page 308 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 308

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
          uning ehtiyojlari va qiziqishlari asosida  shakllanadi. Ular moddiy
          va  nomoddiy  bo‘lishi  mumkin.  Shaxsiy  qadriyatlar  chuqur  hayotiy
          manfaatlar  bilan  bir  qatorda,  ishdan  qoniqish  hosil  qilishda  va
          mehnatga ishtiyoq uyg‘otishda muhim rol o‘ynaydi. Rossiyalik
          tadqiqotchilar N.M. Lebedeva va E.G. Yasinalar tomonidan o‘tkazilgan

          izlanishlar  natijasiga  ko‘ra,  innovator  uchun  mustaqillik,  natijaga
          erishish va rag‘batlantirish sezilarli darajada katta ahamiyatga ega
          bo‘lgan qad riyatlar hisoblansa, anʼanalar va konformizmni unchalik
          ham  xush lamaydilar.  Shuningdek,  “innovatorlar  tanlov  erkinligi,
          ijodkorlik,  bilim,  yangilik  va  hayotda  kurashuvchanlikni  yuksak
          qadrlaydilar;  avtonom  va  mustaqil  bo‘lishga,  o‘z  manfaatlarini
          ifodalashga; muvaffaqiyatga erishishga intiladilar, atrofdagilarning
          taʼsiriga tushib qolmaydilar”.
            Innovatorlardan       farqli    o‘laroq,    innovatsiyalarga      nisbatan

          konservativ pozitsiyaga ega bo‘lgan xodimlarni xavfsizlik, barqarorlik,
          atrof-muhit omillarning aniq tavsifga ega bo‘lishi va bunday omillarni
          oldindan kuzatish mumkinligi ajratib turadi.
            4.  Jamoada  muayyan  ijtimoiy  vazifani  bajara  olish
          qobiliyatining  mavjudligi  bilan  birgalikda,  o‘ziga  xos  xulq-
          atvorga ega bo‘lgan individ sifatida. M.Belbinning jamoaviy rollar
          nazariyasiga  ko‘ra,  ular  ijrochi  (implementer),  muvofiqlashtiruvchi

          (coordinator),  harakatlantiruvchi  (shaper),  g‘oyalar  yaratuvchisi
          (plant),  resurslar  tadqiqotchisi  (resource  investigator),  baholovchi
          (monitor-evaluator),  jamoatchi  (team  worker),  oxiriga  yetkazuvchi
          (completer-finesher), mutaxassis-ekspert (specialist-expert) bo‘lishi
          mumkin.
            Innovatsion biznesning asosiy figuralarini ajratib olgan holda ular-
          ni yuqorida keltirib o‘tilgan ko‘rsatkichlarga muvofiq tavsiflaymiz.
            Tadbirkor. Biznes yuritishda markaziy figura, bu albatta tadbirkor
          hisoblanadi.  Shuning  uchun  innovatsion  biznes  fenomenini

          yaxshiroq  tushunib  olishimiz  uchun  innovatsion  tadbirkorlikning
          o‘ziga  xos  muhitida  harakat  qilishni  istovchi  va  buning  uddasidan
          chiqa  oli shi  mumkin  bo‘lgan  insonning  aslida  kim  ekanligini  bilib
          olishimiz muhimdir. Buning uchun biz dastlab biznes sohasi va uning

                                               307
   303   304   305   306   307   308   309   310   311   312   313