Page 313 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 313
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
yaratib berishdan iborat bo‘lgan xodimlarni o‘z ichiga oladi. Ushbu
xodimlar tezkor axborot bilan innovatsion jarayonni taʼminlaydilar,
rejalashtirish, moliyalashtirishni amalga oshiradilar, logistika,
marketing, buxgalteriya va shu kabi sohalarga tegishli muammolarni
hal qiladilar. Innovatsion biznesda faoliyat ko‘rsatish, ularning shaxsiy
va kasbiy fazilatlariga maʼlum qo‘shimcha talablarni qo‘ysa-da, biroq
birinchi guruhdan farqli o‘laroq, ularning faoliyati samaradorligini
oshirishda bu talablar unchalik ham muhim ahamiyat kasb etmaydi.
Birinchi guruh personali va innovatsion tadbirkorlar innovatsion
biznesning harakatlantiruvchi kuchi (“drayver”)ni tashkil qiladilar.
Ushbu xodimlarning ulushi biznes ko‘lamining o‘sishi sharoiti-
da unchalik ham katta bo‘lmasligi mumkin. Rossiyalik tadqiqotchi
Y.D. Kra sovskiy tashkilot personalini innovatorlar, innovatsiya
tarafdorlari, yangiliklarga nisbatan o‘zgaruvchilar, betaraflar,
skeptiklar va konservatorlarga ajratishni taklif qiladi. Xuddi shu
tarzda marketolog (J. Mur) isteʼmolchilarni novatorlar, ilk izdoshlar,
ilk ko‘pchilik (pragmatiklar), keyingi ko‘pchilik (konservatorlar),
mo‘rt qism (skeptiklar)ga ajratgan holda tavsiflaydi. Marketing
tadqiqotlariga ko‘ra, novatorlar va ilk izdoshlarga isteʼmolchilarning
atigi 20 foizi mansub bo‘lar ekan (3 foiz novatorlar va 17 foiz ilk
izdoshlar).
312