Page 318 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 318

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
          kompaniya  xodimlarining  ijodiy  va  kreativ  faoliyati  uchun  qulay
          bo‘lgan, ruhiy va iqtisodiy muhitni shakllantirishga, innovatsiyalar-
          ning joriy etilishi va rivojlanishiga ijobiy taʼsir ko‘rsatuvchi qadriyatlar
          to‘g‘risida to‘xtalamiz.

            Rossiyalik  mutaxassis  S.R.  Yagolkovskiy  g‘arblik  tadqiqotchilar-
          ning bu boradagi ilmiy izlanishlari natijalarini umumlashtirgan
          holda, ularni innovatsiyalarga moyillikning tashkiliy darajasi sifatida
          tavsiflash  asnosida  bir  qator  tamoyillar  (qadriyatlar  yo‘nalishi)ni
          ajratib ko‘rsatadi. Bizning fikrimizcha, bular orasida eng muhimlari
          quyidagilar hisoblanadi:
            1.  Tashkiliy  muhit –  yangi  g‘oyalar  va  yechimlarning  dunyoga

          kelishiga  hissa  qo‘shuvchi  korxonada  shakllangan  umumiy  muhit.
          Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, agar tashkilot har qanday ijodiy
          tashabbusni  qo‘llab-quvvatlasa  hamda  taklif  etilgan  g‘oya  va
          takliflarni amalga oshirishga harakat qilsa, korxonada ijodkorlikning
          umumiy darajasi juda yuqori bo‘ladi, xodimlar esa o‘z ish faoliyatini

          yaxshilashning yangi va o‘ziga xos usullari, ish joyining ergonometrik
          ko‘rsatkichla rini yaxshilash haqida ko‘proq bosh qotira boshlaydilar.       32
            2. Tashkilotning bo‘linmalar, bo‘limlar, xizmatlar va shu kabi
          qismlarga  ajratilishini  ko‘zda  tutuvchi  tashkiliy  tuzilma  (tizim
          bo‘g‘inlari  o‘rtasidagi  funksiyalar,  kommunikativ  aloqalar,  tarkibiy
          unsurlarning  murakkablik  va  tabaqalanish  darajasi).  O‘z  tuzilmasi
          bo‘yicha murakkab bo‘lgan tashkilotlarda yuqori bo‘g‘in menejerlari

          o‘zlariga bo‘ysinuvchi tuzilmalarda nazorat tizimini mustahkamlash
          va  rasmiylashtirish  darajasini  kuchaytirishga  majbur  bo‘ladilar,  bu
          esa muqarrar ravishda mazkur bo‘linmalar innovatsion salohiyati-
          ning pasayishiga olib keladi. Noaniqlik sharoitida faoliyat ko‘rsatuv-
          chi  ko‘pgina  kompaniyalar  o‘z  faoliyatlarida  norasmiy  boshqaruv
          usullariga, boshqaruvni  imkon  darajasida  markazlashtirishdan

          voz  kechish  amaliyotiga  ko‘proq  murojaat  qiladilar.  Bo‘linmalarda
          jamoaviy      yondashuvni       qo‘llab-quvvatlash       yangi     g‘oyalarni
          amaliyotga joriy etish va ularning mahsuldorligining ortishiga olib

          32  Mumford, M. D., & Gustafson, S. B. (1988). Creativity syndrome: Integration, application, and innovation.
          Psychological Bulletin, 103(1), 27–43. https://doi.org/10.1037/0033-2909.103.1.27
                                               317
   313   314   315   316   317   318   319   320   321   322   323