Page 319 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 319
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
keladi, bu esa o‘z navbatida korxonaning innovatsionlik darajasida
ijobiy o‘zgarishlarni taʼmin etadi .
33
3. Mahsulot va texnologiyalarning sifat ko‘rsatkichlari (sifat
menejmenti)
Innovatsion korxonaning mazkur qadriyat yo‘nalishi sifatni nazo-
rat qilishning statistik usullarini takomillashtirish, ishlab chiqarish
madaniyatini rivojlantirish, texnologiyalarni yangilash hisobiga kor-
xona tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulot va xizmatlar ning
isteʼmol xususiyatlarini, shu jumladan ularning dizaynini doimiy
ravishda yaxshilab borish bilan bog‘liq hisoblanadi. Puxta o‘ylangan
holda tashkil etilgan sifatni boshqarish tizimi butun bir korxonaning
innovatsionlik darajasini belgilab beradi.
4. Innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash. Innovatsion korxonalar
innovatsiyalarning muhimligi va ularni qo‘llab-quvvatlash zarurligini
korporativ madaniyat va falsafaning ajralmas qismi sifatida eʼtirof
etadilar va innovatsion va ijodiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash
borasida muayyan amaliy xatti-harakatlarni amalga oshiradilar.
5. Turli alyans va birlashmalarga qo‘shilishga yo‘nalish olish.
Birgina tashkilot, birlashma, uyushma, qo‘shma korxona va boshqalar
darajasida amalga oshuvchi turli xil metatuzilmaviy o‘zgarishlar
innovatsion rivojlanishning juda muhim va istiqbolli manbai sifatida
qaraladi. Shu bilan birga, ushbu o‘zgarishlar korxonalar xodimlari ning
yangi g‘oyalar va takliflarni qabul qilish qobiliyatiga, shuningdek,
ularni amalga oshirishga salbiy taʼsir ko‘rsatishi mumkinligini
inobatga olish kerak.
Buning sabablaridan biri, metatizimli o‘zgarishlarning
qiyinchiliklarini bartaraf etish, shuningdek, yangidan tashkil
topayotgan tuzilmalarning tashkiliy tuzilmasini optimallashtirish
uchun intellektual, shaxsiy va vaqt resurslarining ortiqcha sarflanishi
hisoblanadi.
Innovatsion madaniyatning qadriyatlarini qarab chiqar ekanmiz,
op timistik qarashlarni shakllantirish, xatoliklarni qabul qilish va
33 Kanter, Rosabeth Moss, The Change Masters: Innovations for Productivity in the American Corporation (1983).
University of Illinois at Urbana-Champaignʼs Academy for Entrepreneurial Leadership Historical Research
Reference in Entrepreneurship, Available at SSRN: https://ssrn.com/abstract=1496170
318