Page 321 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 321

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
             tirok etgan mutaxassislarning 46 foizi uchinchi tomon mutaxassislari
             yoki menejerlardan ko‘ra, ular o‘zlari ishongan hamkasblaridan
             yangi  g‘oyalarni  qabul  qilishlari  va  ular  bilan  bo‘lishishni  afzal
             ko‘rishlarini bildirishgan. Ishonch – bu uzoq muddatli muvaffaqiyat
             va tashkilotdagi noxush hodisalarning oldini olishning garovidir.
                Mark Rozin bir-biriga bog‘liq bo‘lgan to‘rtta ishonch yo‘nalishini

             aniqlashtiradi (bir yo‘nalish boshqasini mustahkamlaydi yoki yo‘q
             qiladi  va  ular  birgalikda  ishonch  yoki  ishonchsizlik  madaniyatini
             ifodalaydi). “Yuqoridan pastga” ishonch-menejerlardan xodimlarga
             yo‘naltirilgan bo‘lib, rahbarlarning o‘z vakolatlarini “quyiga” berishga
             tayyorliklarini va tashkilotning moslashuvchan ekanligini ifoda etadi.
                “Pastdan  yuqoriga”  ishonch  xodimlardan  menejerlar  tomon
             yo‘naltirilgan bo‘lib, xodimlarning sadoqatini, pastdan yuqoriga
             yo‘naltirilgan teskari aloqaning mavjudligini, xodimlarning jarayonga
             jalb qi linganlik va ularning tashabbuskorlik darajasini aks ettiradi.
                Gorizontal bo‘yicha ishonch tuzilmaviy birliklar o‘rtasidagi o‘zaro

             munosabatlarni aks ettiradi, axborot almashinuvi qay tarzda oson
             kechishini  va  bo‘linmalar  o‘rtasida  o‘zaro  muloqotning  qanday
             darajada  ochiq  yo‘lga  qo‘yilganligini  ko‘rsatadi.  Tashqi  kontur
             bo‘yicha    ishonch  kompaniya  va  yetkazib  beruvchilar,  mijozlar,
             banklar va boshqa kontragentlar o‘rtasidagi ishonch darajasini aks
             ettiradi.
                Ishonch bo‘lmasa menejerlar iqtidorli xodimlarni sezmay qolishlari
             ham  mumkin.  J.  Barsh,  J.  Devidson  va  M.  Kapotstsilar  tomonidan

             o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, so‘rovda qatnashgan yuqori
             darajali rahbarlarning 40 foizi kompaniyada innovatsion loyihalarni
             amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan bilim darajasiga ega xodimlar
             yetarlicha mavjud emas, deb hisoblaydilar. Shu bilan birga, xodimlar
             buning  aksini  aytadilar:  ularning  fikricha,  kompaniyada  yetarlicha
             samarali ishlaydigan xodimlar ko‘p, ammo ishonch madaniyatining
             yo‘qligi bois xodimlar innovatsion jarayonlardan o‘zlarini yiroq
             tutadilar .
                       34
                Kompaniyada  tashkiliy  madaniyatni  shakllantirish  bir  necha

             34  Барш, Дж., Дэвидсон Дж., Капоцци, М. Лидерство и инновации // The McKinsey Quarterly. 2008. №1. — С.
             36-47.
                                                  320
   316   317   318   319   320   321   322   323   324   325   326