Page 326 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 326

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
          o‘sib bormoqda, bu esa saralab olishning turli maxsus usullari (maxsus
          testlar, ko‘p bosqichli suhbatlar, keyslar yechish va shu kabilar)dan
          foydalanishni ko‘zda tutadi Gay Kavasaki “Start-up. Eks-evangelist
          “Apple”dan 11 ta master-klass” kitobida tadbirkor xodimni yollash
          borasida qaror qabul qilish chog‘ida javob berishi lozim bo‘lgan uchta

          asosiy savolni o‘rtaga tashlaydi:
            • Nomzod siz talab qiluvchi narsalarni bajarishga qodirmi?
            • U sizning qadriyatlaringizni maʼqullaydimi?
            • Siz xodimda ko‘rishni xohlagan sifatlar nomzodda mavjudmi?
            G.Kavasakining fikriga ko‘ra, muvaffaqiyatli loyihalarni yaratish va
          rivojlantirish uchun jamoani shakllantirish borasida quyidagi tamo-
          yillarga amal qilish kerak:
            • birinchi darajali o‘yinchilarni yollash;
            • ishqibozlar jamoasini to‘plash;

            • har qanday rasmiyatchiliklarni (yirik va muvaffaqiyatli faoliyat
          ko‘rsatuvchi  kompaniyalarda  ishlash  tajribasining  mavjudligi,
          maʼlumoti  to‘g‘risida  diplom,  o‘xshash  tarmoq  yoki  sohada
          ishlaganligi va shu kabilar) chetga surib qo‘yish
            •    mavjud      muammolarni         tavsiflashda      rostgo‘y     bo‘lish,
          kompaniyaning nafaqat kuchli, balki zaif jihatlari haqida ham so‘z
          yuritish.

            Innovatsion       kompaniyalarda        xodimlarni      ishga    yollashda
          qo‘llaniluvchi  texnologiyalarni  tahlil  qilgan  holda,  quyidagi  o‘ziga
          xos jihatlarni ajratib ko‘rsatishimiz mumkin:
            1)  yangi,  iqtidorli  xodimlarni  uzluksiz  izlashni  yo‘lga  qo‘yish,
          inqirozli vaziyatlarda yoki mehnat bozoridagi tanqislik sharoitida
          ularni tanlov asosida saralab olish;
            2)  turli  professional  tajriba,  turli  ijtimoiy  rollar  va  turlicha  ijti-
          moiy -madaniy  xususiyatlardan  kelib  chiqqan  holda,  personalni

          shakl lantirishga urg‘u berish (rang-baranglik siyosati – “diversity”);
            3) Xodimlarni ishga yollashning referent usulidan keng foydala-
          nish;
            4)  test  o‘tkazish,  biznes-keyslar  va  nostandart  holatlarni  ko‘zda
          tutuvchi masalalar yechish, barcha manfaatdor bo‘linmalar va nom-

                                               325
   321   322   323   324   325   326   327   328   329   330   331