Page 325 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 325
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
Innovatsion madaniyatni shakllantirish muhim ahamiyat kasb
etsa-da, kompaniya personalining samarali ishlashi borasida zaruriy
mexanizm yaratish uchun birgina uning o‘zi yetarli emas. Korporativ
qadriyatlar xodimlarning ichki dunyosi mulkiga aylanishi, ularning
ish va muloqot amaliyotida keng qo‘llanilishi lozim.
HR-menejment va innovatsion kompaniya xodimi uchun
qad riyatlar taklifini shakllantirish. Umumiy holatda tashkilotni
boshqarish tizimining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri sifatida
personalni boshqarishning maqsadli funksiyasi biznesning maq sadli
funksiyasini amalga oshirish borasida ishlay olish layoqatiga ega
bo‘lgan inson resurslarini shakllantirish, rivojlantirish va qo‘llab-
quvvatlashdan iboratdir. Innovatsion kompaniyaning raqobat
afzalliklarining asosiy manbai yangi mahsulot va texnologiyalarni
yaratish va ularni tijoratlashtirish hisoblanadi. Shu bois ham
kompaniyaga yuqori ma lakali olimlar va mutaxassislarni jalb qilish,
mehnatni rag‘batlanti rish va baholashning samarali tizimini yaratish,
xodimlarning shaxsiy rivojlanishi va kasbiy mahoratlarini oshirish
HR-menejment uchun asosiy masala hisoblanadi.
Bugungi kunda haqiqatan ham isteʼdodli, istiqbolli mutaxassislarga
bo‘lgan talab bozor taklifidan ancha yuqori hisoblanadi. Iqtidorli
xodimlarni izlab topish va ularni kompaniyaga jalb etish borasida
kompaniyalar o‘rtasidagi raqobat kun sayin kuchayib bormoqda, bu
esa ish beruvchilar oldiga bunday xodimlarni jalb etish va ularni
ushlab qolish borasida yangicha usul va yondashuvlarni ishlab
chiqish vazifasini qo‘ymoqda. Yangi vazifalar innovatsion kadr
texnologiyalaridan foydalanishni taqozo qiladi.
Masalan, xodimlarni saralab olishda yuqori intellektual salohiyat
talab etuvchi xodimlarning asosiy ko‘nikmalarini o‘zgartirish qiyinligini
yoddan chiqarmasligimiz lozim. Bundan tashqari, kompaniyadan
“iqtidorli” xodimlarning ketib qolishi natijasida ko‘riladigan iqtisodiy
va kompaniyaning obro‘-eʼtiboriga putur yetishidan ko‘rila digan
yo‘qotishlar darajasi o‘rtacha statistik ko‘rsatkichlardan ancha yuqori
qiymatni tashkil etadi. Shu bois, talabgorlarning shaxsiy fazilatlari va
kompetensiyalarining rivojlanganlik darajasini aniqlashga talablar
324